15 avg 11:23
Yangiliklar
Sport kurashlari

Erkin kurashchilarimiz Jahon chempionatiga Turkiyada tayyorlanishyapti
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu kunlarda Turkiyaning Kastamonu shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.
6 avgust kuni boshlangan ushbu yig'in kelasi oy bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi vazifasini o'tab beradi.
Mashg'ulotlarda terma jamoamizning 15 nafar azosi ishtirok etyapti. Yig'inda kurashchilarimiz bilan birga bir qator davlatlardan tashrif buyurgan sportchilar ham qatnashmoqda. Rejaga ko'ra, mashg'ulotlar 27 avgustga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar