So’nggi yangiliklar

10:17Sinquefield Cup 2025. Ниҳоят, Нодирбек Абдусатторовда узоқ кутилган ғалаба 0 09:56Дзюдочиларимиз қуръадан сўнг Жаҳон чемпионатидаги рақибларини билиб олишди 0 09:35"Чимаев — тарихдаги энг кучли ўрта вазнли. Адесаньяни унутинг!" - мураббий 0 09:14EЧЛнинг 32 та жамоаси маълум. Тарихда илк бор қозоқ клуби гуруҳ босқичида қатнашади! 1 08:53"Tashkent Select" Қозоғистон ёшлар чемпионатида иштирок этиш учун пул топди, лекин... 0 08:32Наоя Иноуэ Аҳмадалиев билан жанг олдидан спаррингларни якунлади + ФОТО 0 08:11Усик тарихдаги энг бой боксчилар ўнталигига кирди 0 19:13Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди 0 18:52Бенавидеснинг мураббийи Бетербиевга қарши жанг ҳақида гапирди 0 18:24Хабиб Нурмагомедов Махачев учун ярим ўрта вазндаги рақибларни санади 0 18:03"Чимаевнинг Р4Р рейтингидаги ўрни — Топурия ва Махачевдан кейин" - Кормье 0 17:4316 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди 0 17:27"Оливейрани нокаут қила оламан" - Физиев 0 17:08Гандбол. ЖЧга йўл олгани айтилган терма жамоамиз дисквалификация қилиндими? 0 16:52Вилоят ижрочи директорлари Олимпия шаҳарчасини томоша қилишди ФОТОРЕПОРТАЖ 0

19 sen 16:21
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Golovkin faoliyatidagi eng yomon jangini o'tkazdi. Uni buyukligini faqat faoliyatini yakunlashi saqlab qoladi...

Golovkin faoliyatidagi eng yomon jangini o'tkazdi. Uni buyukligini faqat faoliyatini yakunlashi saqlab qoladi...

Endi hech kim dahshatli qozog'istonlikdan qo'rqmaydi.

18 sentyabr, yakshanba kuni erta tongda Saul Alvares va Gennadiy Golovkin o'rtasidagi uchinchi jang yakuniga etdi. Jangda hakamlar biroz noaniq ochkolar hisobiga ko'ra meksikalik g'alabasi bilan yakunlandi. Biz odatda hakamlar meksikalikka “padeshka” qilishlariga o'rganib qolganmiz, biroq kechigi jangda hakamlar GGG'ni juda ham sharmanda bo'lmasliklari uchun ham harakat qilishdi. Buni ularning ochkolaridan ham bilib olishlari ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, yon hakamlar 116-112, 115-113, 115-113 hisobida Saul foydasiga hal qilishgan. Biroq, ko'plab ekspertlar va sharhlovchilar jang 118-110 va 119-109 deb baholadilar, bu haqiqatga yaqinroq. Dastlabki ikki uchrashuv bilan solishtirganda, Golovkin juda yomon jang o'tkazdi. Bu hammaga «Katta dramatik shou«ni taqdim etgan GGG emas edi. Bu o'tmishda ajoyib tarzda burchaklarni kesib, raqiblarining «havosini to'sib qo'ygan» yirtqich Gennadiy Golovkin emas.

Unda endi dastlabki raundlarda hammani nokautga uchratgan qotillik instinkti yo'q. O'rtamiyona yaponiyalik Ryoto Murataga qarshi kechgan so'nggi jangda qozog'istonlik jang o'rtasidagina uyg'ondi. Kanelo bilan esa eski GGG'ning ilk ko'rinishlarini faqat to'qqizinchi raundda ko'rdik. Ammo qolgan vaqtlarda Golovkin nima qildi? Hech nima!

Gennadiy qarshi hujumga o'tish uchun kutish va ko'rish usulida harakat qildi. Ammo boshidanoq Golovkin tezlik bo'yicha Alvaresdan sezilarli darajada pastligi sezilib turardi, shuning uchun ham u juda ko'p kuchli zarbalarni o'tkazib yubordi. U to'rt raund davomida atigi oltitagina kuchli aniq zarba yo'lladi. SHu sababdan hakamlar dastlabki oltita raundning barchasini meksikalikka berishdi. SHu o'rinda savol tug'iladi: nega u avvalroq A rejasidan voz kechib, ochiq jangga kirishmadi? Axir, GGG juda kuchli zarbalari bor edik.

Eng achinarlisi shundaki, Golovkin Alvaresning hayotini hech qanday murakkablashtirmadi, unga butun jang davomida tejamkor rejimda ishlash imkonini berdi. Gap shundaki, Kanelo kamdan-kam hollarda zarbalar berdi va shu bilan birga birinchi raqamda jang qilishda davom etdi. Gennadiydan endi hech kim qo'rqmaydi. Hatto undan qochib ketayotgan kichik Kris Eubank ham birdaniga jonlanib, qozog'istonlikni jangga chorladi.



Golovkin 42 g'alaba, ikkita mag'lubiyat va bir durang bilan haqiqatdan ham ajoyib faoliyatini o'tkazdi. Bu juda hurmatli raqamlar. Ularni endi o'rtamiyona bokschilarga qarshi jang qilib, mag'lub bo'lishini hech kim istamaydi. U Buyuk Menni Pakyao taqdirini takrorlamasligi lozim. Vaqtida ketishi kerak. Uning uchun eng ideal holat faoliyatini yakunlash!

BIROQ GENADIY GOLOVKIN FAOLIYATINI DAVOM ETTIRISHGA QAROR QILDI!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing