26 avg 08:14
Yangiliklar

Krouford Alvaresga qarshi jangiga 20 kun qolgan paytdagi jismoniy holatini ko'rsatdi + FOTO
Oqshomning asosiy jangida yarimo'rta va birinchi yarimo'rta vazn toifalarida sobiq mutlaq jahon chempioni, amerikalik 37 yoshli Terens Krouford ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg)da mutlaq jahon chempioni, meksikalik 35 yoshli Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tariladi. Terens ushbu jangiga 20 kun qolgan bir paytda qanday sport formasida ekanini ko'rsatdi.
Eslatib o'tamiz, Krouford so'nggi jangini o'tgan yilning 4 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o'tkazgandi. To'liq 12 raund davom etgan jangda amerikalik bokschi ochkolar (116-112, 115-113, 115-113) hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Saul "Kanelo" Alvares esa shu yilning 4 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tgan boks oqshomida Uilyam Skallni engib, ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi.
Fikrlar