So’nggi yangiliklar

15:04Хабиб Нурмагомедов: "Усман Топуриядан кучлироқ" 0 14:43Йоэль Ромеро қўлқопсиз жангларида дебют қилди 0 14:22Ўн бир нафар дзюдочимиз Осиё чемпионатининг медаллари учун татамига чиқади 0 14:01Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин 0 13:40Иноуэ тарозида Муроджондан оғирроқ тош босди 0 13:19Дэвис Кубоги: Гонконг — Ўзбекистон баҳсининг биринчи кунидан кейин тенглик 0 12:58Икки карра Олимпиада чемпиони Арлен Лопес проф боксдаги 6-жангини ўтказди 0 12:37"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди 0 12:16Спорт курашлари бўйича жаҳон чемпионати старт олмоқда. Бугун икки эркин курашчимиз иштирокимизни бошлайди 0 11:55Ботир Аҳмедов Наоя Иноуэ қандай ҳолатда Аҳмадалиевга ютқазиши мумкинлигини айтди 0 11:34Grand Swiss 2025. Абдусатторов чемпионлик учун курашяпти, Гукеш 82-ўринга тушиб кетди 0 11:13Микель Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди" 0 10:52Бугун Фазлиддин жаҳон чемпионлиги, қолган 5 боксчимиз финал чиптаси учун рингга чиқади 0 10:31Арман Царукян бир ҳафтадан кейин жанг қилади, рақиб маълум 0 10:10Спорт федерацияларининг Олимпия шаҳарчасидаги жойлашуви муҳокама қилинди 0

12 sen 12:00
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Swiss 2025. Abdusattorovda g'alaba, Sindarov nihoyat yutdi, amaldagi jahon chempioni Gukesh yana yutqazdi

Samarqand shahri mezbonligida o'tayotgan umumiy mukofot jamg'armasi 855 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi FIDE Grand Swiss 2025 nufuzli musobaqasida 7-tur ortda qoldi.

Bir kunlik tanaffusdan so'ng har ikki yilda bir marotaba o'tkaziladigan ushbu turnirda 7-tur partiyalari o'ynaldi. Nodirbek Abdusattorov (2748) oq donalarda o'zi singari 4 ochkoga ega bo'lib turgan eronlik Amin Tabatabayi (2673)ni mag'lubiyatga uchratdi. Nodirbek Yakubboev (2681) esa qora donalarda franciyalik nomdor shaxmatchi Alireza Firuzja (2754)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Har ikki grossmeyster kechagi o'yin oldidan 4 ochkodan jamg'arishgandi. 

Musobaqani biroz omadsiz o'tkazayotgan Javohir Sindarov (2722) nihoyat g'alabaga erishdi. U oq donalarda armanistonlik Robert Hovanisyan (2629)dan ustun keldi. Sindarov bu bilan ochkolarini 4 taga etkazib oldi. Abdumalik Abdisalimov armanistonlik Hayk Martirosyanni, Jahongir Vohidov Olisa Tennisonni mag'lub etdi. Ortiq Nig'matov Maksim CHigaevga, Muhammadzohid Suyarov Daniel Dardhaga yutqazib qo'ydi. Muhiddin Madaminov va SHamsiddin Vohidov bu turda nomdor raqiblari bilan durang o'ynashdi.    

Ortda qolgan 7-turdan so'ng turnir jadvalida peshqadam o'zgardi. Eronlik Parham Maqsudlu qora donalarda hindistonlik Nihal Saringa imkoniyatni boy berdi. Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju esa turkiyalik Ediz Gurelga kutilmaganda yutqazib qo'ydi. Germaniyalik Mattias Blubaum hindistonlik Arjun Ergaisidan ustun keldi. 

Mattias Blubaum va Nihal Sarin 5,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlikni qo'lga olishdi. Mishra Abhimanyu, Parham Maqsudlu, Alireza Firuzdja, Nodirbek Abdusattorov, Anish Giri, Hans Niemann va Vidit Santosh hisobida 5 ochkodan bor. Nodirbek qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni egallab turibdi.  

WOMENS, yani ayollar guruhida bu turda hamyurtlarimizdan hech kim g'alaba qozonmadi. Afruza Hamdamova (2409) 7-turda qora donalarda 15-Jahon chempioni, ukrainalik grossmeyster Mariya Muzichuk (2484)ka yutqazdi. Gulruhbegim Tohirjonova (2372) o'zi singari 2,5 ochkoga ega polshalik Oliviya Kiolbasa (2405) bilan durang o'ynadi. Guldona Karimova tajribali grossmeyster Anna Ushenina bilan murosaga keldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing