So’nggi yangiliklar

08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0

21 dek 07:24
Yangiliklar

Stol tennisi

Havaskorlar o'rtasida tennis musobaqasi yakunlandi

Teglar :  Stol tennisi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmoni ijrosini taminlash maqsadida mamlakatimiz bo'ylab turli ommaviy sport musobaqalari o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston tennis federaciyasi, O'zbekiston Milliy banki hamkorligida Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida tennis bo'yicha havaskorlar o'rtasida «Havas-2020” musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu musobaqada turli tashkilot va idoralarda faoliyat olib borayotgan 30 nafarga yaqin rahbar xodimlar 15ta juftlikda 4 guruhga bo'lingan holda dastlab guruh, so'ngra pley-off bosqichida g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Kecha ushbu musobaqaning yarim final hamda final uchrashuvlari o'tkazildi. SHuningdek, turnirning yopilish marosimi ham tashkil etildi. Musobaqaning yopilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston tennis federaciyasi raisi Alisher Mirsoatov hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

SHuningdek, musobaqaning yopilish marosimida mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi, xodimlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qo'shgan munosib hissasi uchun O'zbekiston tennis federaciyasi raisi Alisher Kudratullaevich Mirsoatov «Jismoniy tarbiya va sport alochisi» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Turnirning yakuniy natijalariga ko'ra, Furqat Karimov va Yorqin Zoirov juftligi raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 1-o'rinni qo'lga kiritdi. 2-o'rin Valeriy Tyan hamda Vladislav SHegay juftligiga nasib etgan bo'lsa, Muhsin Ashurov-Artur Maurer dueti kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing