So’nggi yangiliklar

16:01"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади 0 15:39Рамазон Темиров UFC рейтингида пастлади 0 15:17Магомед Анкалаев қачон оғир вазнга ўтишини айтди 0 14:53Физиев: "Оливейранинг мухлислари менга мотивация беради" 0 14:32Cергей Фомин япониялик теннисчи олдида ожиз қолди 0 14:11МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи 0 13:50Спорт вазири Ўзбекистон давлат спорт академияси фаолиятини намунали ташкил этишга доир тақдимот билан танишди 0 13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0

28 avg 21:03
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" pley-offga yo'llanma beradigan so'nggi o'yinini o'tkazdi

Toshkentning "Humo" xokkey klubi Qozog'iston Kubogining guruh bosqichidan o'rin olgan so'nggi 3-tur uchrashuvini o'tkazdi.

Qarag'anda shahri mezbonligida o'tayotgan A guruhi o'yinlarida qatnashgan "Humo" 3 ta o'yinning hech birida asosiy vaqtda mag'lubiyatga uchramadi. Bir o'yinda bullitlar seriyasida raqibga imkoniyatni boy berildi. Ikkinchi turda "Aktobe" mag'lub etildi. Bugun esa overtaym, yani qo'shimcha 5 daqiqalik bo'limda alamli mag'lubiyat qabul qilib olindi.  

Bugun Evgeniy Popixin shogirdlari "Kulager"ga qarshi muzga chiqishdi. Uchrashuv yakunlanishiga 4 daqiqadan sal ko'proq vaqt qolgan bir paytda xokkeychilarimiz o'z darvozalaridan shayba o'tkazib yuborishdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Besh daqiqalik overtaymda esa Evgeniy Lizin petropavlovskliklarga g'alaba keltirgan shaybaga mualliflik qildi. 

"Humo" (Toshkent) - "Kulager" (Petropavlovsk) 2:3 OT (1:1, 1:0, 0:1, 0:1)

1:0 – 03:58 – Legalin

1:1 – 17:28 – Zakarlyukin (Starcev, Podshendyalov) 

2:1 – 24:50 – Dorofeev (Rextin)

2:2 – 55:45 – Starcev (SHulga)

2:3 – 61:23 – Lizin (Podshendyalov)

Darvozabonlar: Smiryagin – Xozyashev  

SHu tariqa, "Humo" jamoasi qolgan guruhlarda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar orasida past ko'rsatkichga ega bo'lgani bois, Qozog'iston Kubogining pley-off yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi. 

"Humo" joy olgan guruhdan Kubokning amaldagi sohibi "Sariarka" 1/2 finalga yo'l oldi. SHuningdek, "Beybaris", eng yaxshi ikkinchi o'rin egasi "Gornyak" hamda Qozog'iston vice-chempioni "Arlan" ham pley-offda bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi.   

 Endi "Humo" jamoasi Toshkentga qaytadi va 11 sentyabr kuni start oladigan Qozog'iston chempionati (Pro Hokei Ligasy)ga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing