19 avg 15:47
Yangiliklar
Velosport

Tanzila Narbaeva Qozog'iston Prezidenti tomonidan mukofotlandi
Oliy Majlisi Senati hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva boshchiligidagi parlament delegaciyasi rasmiy tashrif bilan Qozog'istonda bo'lib turibdi.
Tashrif doirasida Qozog'iston Parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbaev va Parlamenti Majlisi raisi Erlan Koshanov bilan uchrashuvlar o'tkazgan Tanzila Narbaeva Qozog'iston Prezidenti qabulida ham bo'ldi.
Suhbat chog'ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish kontekstida Qozog'iston-O'zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Qosim-Jomart To'qaev Tanzila Narbaevaning ikki xalq o'rtasidagi do'stlik va yaxshi qo'shnichilik rishtalarini mustahkamlashga qo'shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi hamda ikki tomonlama strategik hamkorlikni chuqurlashtirish yo'lidagi say-harakatlari uchun uni 2-darajali "Do'stlik" ordeni bilan taqdirladi.
Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar