So’nggi yangiliklar

12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

07 fev 19:39
Yangiliklar

Dzyudo

IJF rasmiylari Toshkentda

Teglar :  Dzyudo
Xabaringiz bor, 5-7 mart kunlari poytaxtimiz dzyudo bo'yicha Katta Dubulg'a turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi.

SHu kungacha Toshkent shahrida uzluksiz etti yil davomida Gran-Pri turniri o'tkazib kelingan edi. O'tgan yili «Humo» arenada yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqadan keyin Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) poytaxtimizga «Katta Dubulg'a» turniri bilan birga kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati (2022) mezbonligini ham topshirgandi.

Bugun IJF Musobaqalarni o'tkazish bo'limi menejeri Liza Alan amaliy tashrif bilan poytaxtimizga etib keldi. Liza xonimni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston dzyudo federaciyasi rais o'rinbosari SHoatxam Isroilov hamda Xalqaro dzyudo federaciyasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassisimiz Abdulla Murodov kutib oldi. Liza Alan tashrif davomida «Katta Dubulg'a» turniriga ko'rilayotgan tayyorgarlik, musobaqa o'tkaziluvchi «Humo» arena hamda tashkiliy masalalar bilan yaqindan tanishadi va o'z tavsiyalarini beradi. 

«Biz O'zbekistonda sportga hukumat darajasida etibor qaratilishi va buning natijasida har qanday nufuzdagi xalqaro musobaqa yuqori saviyada o'tkazilishidan xabardormiz. Bejizga Toshkent shahriga «Katta Dubulg'a» turniri hamda Jahon chempionati mezbonligi topshirilmadi. Ishonchim komil, 5-7 mart kunlariga belgilangan musobaqamiz ham mavjud talablarga mos ravishda o'tkaziladi», - dedi L.Alan.

Malumot uchun, hozirda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, mamlakat dzyudo federaciyasi hamda qator hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi va Tashkiliy guruh «Katta Dubulg'a» turnirini yuqori darajada o'tkazish yo'lida ish olib bormoqda.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing