So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

24 sen 07:46
Yangiliklar

Dzyudo

IJF Tokio Katta dubulg'a turniri o'rniga boshqa musobaqa o'tkazadi

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda joriy yilning 11-13 dekabr kunlariga mo'ljallangan Tokio Katta Dubulg'a turnirini bekor qilgan edi.

 IJF endilikda Tokio turniri o'rniga Gran-pri tasnifiga kiruvchi musobaqa tashkil qilinishi haqida xabar berdi.

Xorvatiya dzyudo federaciyasi bilan kelishilgan holda 30 oktbyar – 1 noyabr kunlari Zagreb shahrida Gran-pri turniri o'tkaziladi. Aytish mumkinki, bu qaror musobaqalarda ishtirok etishni istagan mamlakatlar uchun bir muncha qulaylik yaratadi. Boisi 23-25 oktyabr orasida Budapesht Katta Dubulg'a turniri o'tkazilsa, dzyudochilar mazkur turnirdan keyin Vengriyadan uncha uzoq bo'lmagan Xorvatiyaga safar uyushtirishlari mumkin.

“Mazkur vaziyatda Xalqaro dzyudo federaciyasining asosiy vazifasi – o'z oilasi va sportchilarining salomatligini saqlash. Hamkorlarimiz bilan birga barcha uchun qulay muhitni yaratishda davom etamiz”, – deya izoh beradi IJF prezidenti Marius Vizer.

SHu tariqa yaqin vaqt ichida o'tkaziladigan dzyudo musobaqalari quyidagi sanalarda tashkil qilinadi:

23-25 oktyabr: Budapesht Katta Dubulg'a turniri;

30 oktyabr-1 noyabr: Zagreb Gran-prisi;

11-13 yanvar: Doxa Masters.

Izoh: Barcha musobaqa Tokio Olimpiadasiga licenzion reyting ochkolarini taqdim qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing