So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

03 apr 19:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Iqboljon Xoldorov: "Debyut jangimdagi g'alabani Onamga bag'ishlayman"

Teglar :  Iqboljon Xoldorov
"Humo Arena" mezbonlik qilayotgan professional boks kechasini tezkor nokaut bilan boshlab bergan charm qo'lqop ustamiz Iqboljon Xoldorov jangdan so'ng saytimiz muxbirlari uchun intervyu berdi.

Xoldorov prof boksdagi debyut jangida tanzaniyalik Kulva Bushiriga qarshi ringga ko'tarildi va 6 raundga mo'ljallangan jangda raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. 

- Ochig'i, asosiy etiborni raqibimni nokaut qilishga qaratmadim, deya so'z boshladi Xoldorov. - Professional ringdagi birinchi jangim bo'lgani uchun chiroyli harakatlar evaziga g'alaba qozonish uchun intildim. CHiroyli jang o'tkazsangiz, nokaut o'zi kelaveradi.   

- Bugungi g'alabangizni kimga bag'ishlaysiz?

- SHubhasiz, meni dunyoga keltirgan Onamga! Odatda onam jangimni ko'rmaydilar. Lekin bugun ular "Humo Arena"dalar. Onajon, sizni yaxshi ko'raman.   


- Iqboljon, bokschilarimizning bugungi ishtirokini boshlab berdingiz. Bu sizga qo'shimcha bosim yuklamadimi?

- O'rta vazn toifasi vakili bo'lganim uchun odatda boks oqshomlarining teng yarimlarida ringga chiqardim. Endi bugun prof boksdagi debyut jangim bo'lgani uchun oqshomni boshlab berish mening chekimga tushdi. Kecha tarozidan o'tish marosimida ikkinchi bo'lib chaqrilgandim. SHundan kelib chiqib bugun oqshomni boshlab bersam kerak deb o'ylamagandim. Ertalab murabbiylar birinchi bo'lib ringga ko'tarilishimni aytishdi. Aksincha, birinchi bo'lib boshlash menga yoqdi. Mening g'alabam qolgan bokschilarimizga ruhiy ustunlik berishiga ishonaman. 

- Professional boksda yo'nalishlar ko'p - WBC, WBA, WBO va IBF. Siz qaysi yo'nalishdan ketmoqchisiz?

- Hozir bu haqida hech narsa deya olmayman. Endigina birinchi jangimni o'tkazdim. Vaziyatga qarab ish tutaveramiz. O'rganib chiqaman va o'zimga qulay yo'nalishlarda ringga chiqaman.        


- Sizni ringda ko'rmaganimizga ham ancha bo'lgandi. Oxirgi rasmiy jangingiz qachon o'tkazilganini eslay olasizmi?

- Bir yarim yilcha vaqt bo'ldi. Jarohat va pandemik vaziyat sabab ko'proq dam olishimga to'g'ri keldi.


- AQSHga qachon jo'nab ketasiz?

- Bugun promouterlar jangimni bevosita arenada tomosha qilishdi. O'ylaymanki, bu jarayon cho'zilib ketmaydi. 

Xurshida Abdiqulova yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing