22 iyu 10:33
Yangiliklar

Kamarini G'iyosovga "qoldirgan" Ennisning navbatdagi jangini qachon o'tkazishi aytildi
Amerikalik 27 yoshli charm qo'lqop ustasi aynan shu maqsadda yarimo'rta vazndagi chempionlik kamarini vakant, yani egasiz qoldirib, birinchi o'rta vaznga o'tishini elon qilgandi. Bokschining promouteri Eddi Xirn yangi vazndagi debyut avgust oyida o'tkazilishini aytdi.
"U birinchi o'rta vaznni dahshatga soladi. Nafaqat birinchi o'rta vaznda, balki bir yildan keyin o'rta vazn toifasida ham nazoratni o'z qo'liga oladi. U yirik gavda tuzilishiga ega va hozirgi 3 kg ortiqcha vazn uning yangi vazndagi ishtiroki samarali bo'lishini taminlaydi. Ennis avgust yoki sentyabr oyida ringga qaytadi. Verjil Ortis, Baxram Murtazaliev, Sebastyan Fundora, umuman birinchi o'rta vaznning barcha etakchilariga qarshi jang qilishga tayyor bo'ladi. Yangi vazn uning imkoniyatlarini 100 foizga ochib beradi", — dedi Xirn.
Malumot uchun, Ennis o'tayotgan birinchi o'rta vaznda hamyurtimiz Isroil Madrimov o'z janglarini o'tkazib kelmoqda.
Fikrlar