So’nggi yangiliklar

19:55"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради 0 19:39Мутал Назаров Лас-Вегасда ўтган American FullContact Karate турнирининг энг яхши ҳаками деб топилди 0 19:07Исроил Мадримов: "Канело Кроуфордни муддатидан аввал енгиши мумкин" 0 18:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади? 0 18:23Собиқ жаҳон чемпиони кичик Чавес Мексикада ҳибсдан озод этилди 0 18:01Чарльз Оливейра: "11 октябрь куни барча танқидчиларнинг овозини ўчираман" 0 17:38"Чимаев тарихдаги энг зўр ўрта вазнли" - менежер 0 17:16Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган? 0 16:52Белбоғли курашчиларимиз жаҳон Кубоги ва халқаро турнирда шоҳсупага кўтарилишди 0 16:42Дзюдо бўйича Жаҳон чемпионатининг иккинчи куни ҳам аниқ медаль бўлади 0 16:27Енгил атлетика бўйича Жаҳон чемпионатида беш нафар ўзбекистонлик спортчи қатнашади 0 16:01Разамбек Жамалов Лос-Анжелесни "разведка" қилди (ФОТО) 0 15:39Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади 0 15:17"UFCга ҳозирча Россиядан жангчилар керак эмас". Немков PFL билан шартномани узайтирганини айтди 0 14:53Тони Фергюсон қайси жанглар учун UFC'га қайтишга тайёр эканлигини айтди 0

08 okt 14:00
Yangiliklar

Dzyudo

JCH-2022. Uchinchi kunni ham medalsiz tugatdik

Teglar :  Dzyudo
Toshkentdagi jahon chempionatining uchinchi kun bellashuvlari o'tkazildi.

Kun davomida to'rt nafar hamyurtimiz medallar uchun kurash olib bordi. Erkaklar o'rtasida -73 kg vazn toifasida SHahram Ahadov va Murodjon Yo'ldoshev, ayollar o'rtasida esa -57 kg vaznli SHukurjon Aminova va Nilufar Ermagambetova yurtimiz sharafini himoya qildi. 

Afsuski, kun yakuniga ko'ra sportchilarimiz medalsiz qoladigan bo'lishdi. 


Ularning ishtirokiga oid yangiliklarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 


SAHIFANI YANGILASH



-73 kg vaznda SHahram Ahadov uchinchi bosqichda ozarbayjonlik Hidayat Xeydarovga qarshi bahs olib bordi va Golden Score'da imkoniyatni boy berdi. 


-73 kg vaznli Murodjon Yo'ldoshev uchinchi bosqichda yaponiyalik Siochi Xashimotoga Golden Score'da uchinchi shido evaziga yutqazdi. 


-57 kg vaznli Nilufar Ermaganbetova braziliyalik Rafaela Silvaga qarshi kurashdi va ippon evaziga yutqazdi.


-57 kg vazn toifasida SHukurjon Aminova janubiy koreyalik Mimi Xuxga qarshi tatamiga chiqdi va Golden Score'da imkoniyatni boy berib qo'ydi. 


+73 kg vazn: uchinchi bosqichda Murodjon Yo'ldoshev yaponiyalik Soichi Xashimoto bilan, SHahram Ahadov esa Hidayat Xeyderov bilan bellashadi. Jiddiy raqiblar. 


"Sport TV"da nihoyat translyaciya boshlandi. 


+73 kg vaznli Murodjon Yo'ldoshev ikkinchi bosqichda qirg'izistonlik Ertur Turdiboev bilan bellashdi va Golden Score'da g'alaba qozondi


+73 kg vazn toifasida SHahram Ahadov ikkinchi bosqichda ispaniyalik Salvador Kases Rosaga qarshi bahs olib bordi va so'nggi soniyalarda g'alabaga erishdi


Murodjon va SHahramning chiqishiga oz vaqt qolmoqda. Sportchilarimiz deyarli bir paytda, turli tatamilarda kurashishadi. 


+73 kg. Murodjon Yo'ldoshev ikkinchi bosqichda qirg'izistonlik Ertur Turdubaevga, SHahram Ahadov esa ispaniyalik Salvardor Kazes Rozaga qarshi bahs olib boradi.


+73 kg vazn toifasida SHahram Ahadov AQSH vakili Dominik Rodrigesni mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi. 


SHahram Ahadovning chiqishiga oz vaqt qolmoqda. 


+73 kg vaznli Murodjon Yo'ldoshev Gambiya vakilini mag'lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bosqich!


Vakillarimizning bugungi ishtirokini Murodjon Yo'ldoshev boshlab beradi. 


Dzyudochilarimiz JCHni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi: 

-73 kg: SHahram Ahadov - Dominik Rodriges (AQSH)

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Fae Njie (Gambiya)

-57 kg: Nilufar Ermaganbetova - Rafaela Silva (Braziliya)

-57 kg: SHukurjon Aminova - Adina Kochkonbaeva (Qirg'iziston)/Mimi Huh (Janubiya Korea)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing