16 avg 08:05
Yangiliklar

"Saber" qizlar jamoamiz "Ayollar dzyudo ligasi"da ishtirok etish uchun Piterga jo'nab ketdi
O'n ikkita jamoa 4 ta guruhga bo'linib, bosh sovrin uchun bahs olib boradigan ushbu turnirda o'zbek dzyudosi tarixida ilk bor "Saber" ayollar jamoasi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Dzyudo malikalarimiz terma jamoa bosh murabbiyi Andrey SHturbabin boshchiligida Sankt-Peterburg shahriga jo'nab ketdi.
"Saber" jamoasi "Ayollar dzyudo ligasi"ning "B" guruhida mezbonlarning "Turbostroitel" hamda Samara shahrining "Sportkomanda 63" jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Ilk bor klublar musobaqasida qatnashayotgan qizlarimizga g'alaba va omad yor bo'lsin.
Jamoamiz tarkibi:
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-52 kg: Fotima Tursunboeva
-57 kg: SHukurjon Aminova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
+70 kg: Irisxon Qurbonboeva
+70 kg: Mohlaroyim To'xtamisheva
Murabbiylar: Andrey SHturbabin, Qahramon Nurillaev
Fikrlar