13 avg 12:26
Yangiliklar
Dzyudo

Tog'li Dukentdagi mashg'ulotlar reja asosida davom etmoqda FOTOREPORTAJ
SHu kunlarda dzyudo bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent viloyatining tog'li Dukent shaharchasida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazyapti.
Bosh murabbiy Andrey SHturbabin boshchiligidagi jamoamizning kuniga ikki mahaldan oldindan belgilangan reja asosida tashkil etayotgan mashg'ulotlari qiziqarli va qizg'in kechmoqda. Navbatdagi kungi yig'in stadionda kross yugurish mashqlari boshlan boshlandi. Qizlar qisqa (100 metr) masofaga kim birinchi bo'lib borish bo'yicha o'zaro bahslashishdi.
Bir so'z bilan aytganda, terma jamoamiz azolari mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilishyapti. Oldinda ularni masuliyatli musobaqalar kutib turibdi. Qizlarimiz shu hafta Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qiladigan klublar o'rtasidagi "Ayollar Ligasi" turnirida ilk bor ishtirok etishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar