So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

18 dek 21:06
Yangiliklar

Og'ir atletika

JCH yakunlari: Yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

Toshkent mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Bir necha kun davomida dunyoning eng kuchli atletlari chempionlik yo'lida murosasiz raqobat olib borishdi.

Qayd etish joiz, murakkab epidemiologik vaziyat bo'lishiga qaramasdan xorijlik mutaxassislar ushbu dunyo birinchiligi yuqori saviyada tashkil etilganiga alohida urg'u berdilar. O'z navbatida, sportchilar o'rtasidagi keskin raqobat muxlislarda bir olam taassurot qoldirdi. Avvaldan taxmin qilinganidek, og'ir vazn toifalaridagi bellashuvlar kutilgan intrigani taqdim qildi. Ayniqsa, -109 kg vazn toifasidagi bahs yurtdoshlarimiz xotirasida uzoq vaqt yodda qoladigan bo'ldi. Boisi unda 2 alp yigitlarimiz Akbar Jo'raev va Ruslan Nurudinov chempionlik uchun o'zaro raqobat olib borishdi. Ushbu vaznda o'zbek polvonlariga teng keladigan raqib yo'q ekanini yana bir karra isbotlashdi.

Umuman olganda, yigitlarimiz musobaqa davomida o'z chiqishlari bilan barchamizni xursand qilishdi. Ularning natijalari medallar jamg'arishdagi umumiy hisobda ham o'z aksini topdi. Kichik medallar kesimida 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg'argan O'zbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

Erkaklar, medallar bo'yicha:

1. O'zbekiston – 5-5-2

2. Koreya Respublikasi – 5-1-4

3. Gruziya – 3-4-1

Sportchilarimizning ishtirokiga qarab beriladigan ochkolar klassifikaciyasida esa jamoamiz uchinchi o'rinni egalladi.

Erkaklar, ochkolar bo'yicha:

1. Rossiya og'ir atletika federaciyasi – 581 ochko

2. Eron – 548

3. O'zbekiston – 525

Ayollar bahsida medallar jamg'arish bo'yicha qizlarimiz o'n birinchi pog'onani band etgan bo'lsalar, ochkolar kesimida kuchli 15 talikni yopib berishdi.

Umumiy hisobdagi medallar jamg'armasida ham jamoamiz etakchilar qatorida bo'lgani faxrlanarli. Doston Yoqubov va Akbar Jo'raevning oltin, Sarvarbek Zafarjonov, Ruslan Nurudinov va Tursunoy Jabborovaning kumush medallari bilan ushbu kesimda ikkinchi o'rinni bandi qildik.

Umumiy hisobdagi medallar jamg'arish bo'yicha:

1. Koreya Respublikasi – 4-1-2

2. O'zbekiston – 2-3-0

3. Tailand – 2-2-1

SHu o'rinda, o'z yurtimizda birinchi bor o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida shohsupaga ko'tarilib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan qahramonlarimizni eslab o'tamiz:

Oltin medal:

-67 kg: Doston Yoqubov – siltab ko'tarish va ikki kurash

-109 kg: Akbar Jo'raev – mutlaq chempionlik (har uch yo'nalishda)

-87 kg: Tursunoy Jabborova – dast ko'tarish

Kumush medal:

-67 kg: Doston Yoqubov – dast ko'tarish

-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov – siltab ko'tarish va ikki kurash

-109 kg: Ruslan Nurudinov – siltab ko'tarish va ikki kurash

-87 kg: Tursunoy Jabborova – ikki kurash

Bronza medal:

-67 kg: Adhamjon Ergashev – siltab ko'tarish

-109 kg: Ruslan Nurudinov – dast ko'tarish

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing