So’nggi yangiliklar

19:01UFC Гавайи оролларида турнир ташкил қиладими? — Дана Уайт жавоб берди 0 18:39Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэнинг техник имкониятларига баҳо берди 0 18:18Турки аш Шайх боксда пуллик трансляцияларни бекор қилишини айтди 0 17:54Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин 0 17:27Усик реваншда Дюбуани нокаут қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:01Двалишвили: "Мен UFC’даги ягона америкалик чемпионман" 0 16:38Холмурод Нурматов ACA Лигаси рейтингида кўтарилди 0 16:16Терма жамоага хорижлик мураббий керакми? 0 15:54Даррен Тилл Тони Фергюсон билан бир кардда Люк Рокхолд билан жанг қилади 0 15:25Универсиада-2025: Элдорбек Усмонов Ўзбекистон рекордини янгилади 0 15:01ONE FC. Бугун Авазбек Холмирзаев навбатдаги жангини ўтказади 0 14:39"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди (ФОТО) 0 14:18Универсиада-2025: Бугун олти нафар ўзбекистонлик спортчиларга мухлислик қиламиз 0 14:00Адесанья Порье ва Холлоуэйнинг учинчи жанги учун тахмин билдирди 0 13:37Усик Дюбуага билан биринчи жангдаги белдан пастга берилган зарба ҳақида гапирди 0

20 dek 21:21
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Jeyk Pol nimalar qilmoqda? Uning keyingi manzili UFC bo'ladi(mi?)

Jeyk Pol o'zi kim?

Boks olamiga antiqa yo'l bilan kirib kelgan Jeyk Pol 1997 yil AQSHda dunyoga kelgan. U 2013 yil o'zini bloggerlikda sinaydi va 2015 yilda You tube’da anchagina muxlisga ega bo'ladi. Huddi shu yilda Jeyk Pol Disney "Paige va Frankie" kanalining Dirk rolida yangi komediya seriyasida ishtirok etadi. 2017 yilda Jeyk ijtimoiy axborot vositalariga bag'ishlangan tadbirda oq uyga ham taklif qilindi. 2017-yilda Pol 1 million dollar moliyalashtirish bilan “Team10” deb nomlangan ijodiy agentlik ishini boshlaydi.   


Polning boksdagi starti

2020 yilda Jeyk Pol akasi Logan bilan birga boks qoidalariga ko'ra jang qila boshlaydi. Blogger Ali Eson Gibga qarshi birinchi jangida Pol raqib ustidan nokaut bilan g'alaba qozondi. Ikkinchi jangda u basketbolchi Nat Robinson ustidan g'alabaga erishadi. Ushbu janglardan so'ng, Polning ishtaxasi borgan sari ochildi. 

Bu bilan Jeyk to'xtab qolmadi. Uning keyingi raqibi 36 yoshli sobiq “Bellator” chempioni Ben Askren edi, u UFC’dagi so'nggi 2 jangida yutqazib, MMA’da faoliyatini yakunlagan edi. Ushbu jangda Jeyk Pol birinchi raundning o'zidayoq nokaut bilan g'alaba qozondi. 2021 yilning 29 avgustda Jeyk Pol yana bir UFC sobiq chempioni Tayron Vudli bilan ringda to'qnash keldi. Bu jang Pol uchun oson bo'lmadi. Jang so'ngida hakamlarning qarori evaziga 1-jangda Jeykning qo'li baland keldi. 2-jangda Pol ancha o'sgani va bekorga “chiranmayotgani”ni isbotladi. Jangning 6-raundida Tayron Vudlini “uxlatib” qo'ydi. Bu “uxlatib” qo'ygani xatto yil nokautiga davogarlik ham qilmoqda.  


Pol UFC’da jang qiladi

Jeyk borgan sari bejizga bloggerlikdan boksga o'tmaganini isbotlamoqda. U xattoki UFC prezidenti Dana Uaytga murojat qildi. U UFC jangchilari Kamaru Usman, Masvidal, Diazlar bilan jang qilish maqsadida ekanligini yashirib o'tirmadi. Agar UFC'da dastlabki jangidayoq promoushenning eng zo'r jangchisi Kamaru Usmanga qarshi jangga chiqsa, u uchun eng katta xato bo'ladi. Sababi, hozirgi paytda Usmanni bloggerlikdan boksga o'tgan yigitcha tugul, haqiqiy UFC jangchilari ham mag'lub eta olmayapti. 



Agar u UFC’da haqiqiy shou uyushtirmoqchi bo'lsa, unga UFC sobiq chempioni Kolbi Kovington yaxshigina raqib bo'la oladi. CHunki Kolbi ham shoularni juda sevadi. Faqat bunga Dana Uayt qanday qaraydi yoki bo'lmasam biz Jeykni Xabib promoushenligi ostidagi EFC’da ko'ramizmi?  

Xabib Nurmagomedov agar Pol UFC’da jang qiladigan bo'lsa uning greppling murabbiyi bo'lishini aytib o'tgan. Xo'sh! Buyog'iga Jeyk nimalar qiladi? You tube olamidan kelib qolgan bu yigitcha o'zini kim ekanlini jang olamida ham ko'rsatmoqda.


Jeyk boksda qolsa, uning raqibi kim bo'ladi?

Jeyk Polning professional boks faoliyati davom etsa, unga Saul “Kanelo” Alvares raqib bo'lishi mumkin. Saul o'z intervyularida boksni sevishini va Polni boksni hurmat qilmaslikda ayblagan edi. Balki Polning keyingi jangi aynan Kanelo bilan bo'lar?  Polning maqsadi boks yulduzlariga qarshi ringga ko'tarilish. Bu masalada Saul qanday fikrda? U Pol bilan jang qiladimi yoki o'zi aytgandek boksning hurmatiga ko'z yumadimi?  

Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, Pol hali-beri to'xtash niyatida emas. Kelasi yilda u qaysi yo'lni tanlanlashidan qati nazar, katta shou kutib qolamiz!


Kamron Hasanov tayyorladi


Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
22 dek 12:47:36
IWBO
Ей уялилар ей ким спорт журналисти дейди силани оддий фактла хато биринчидан Жейк Пол укаси Логанни акасимас иккинчидан Жейк пол уршмаган Мэйвезер билан Логан уршган
   
20 dek 23:39:37
CHELSEA2211
Qattiq ketayapti...
   
20 dek 21:41:58
Ayubkhon Mukhammadjonov
Logan ukasimas akasi
   
20 dek 21:36:08
Vista 1981
Saul Alvarez buni uxlatadi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing