18 iyu 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Usik Dyubuaga bilan birinchi jangdagi beldan pastga berilgan zarba haqida gapirdi
Aleksandr Usik Daniel Dyubuaga qarshi o'tkazgan birinchi jangini esladi.
O'sha jangning 5-raundida Dyubua Usikka beldan past qismga zarba bergan va Usik o'zini tiklash uchun bir necha daqiqa olgan edi.
Hakam bu zarbani noqonuniy deb baholagan, Dyubua jamoasi esa bu zarba qoidalarga mos kelganini aytgan.
"Bu vaziyat bahslimi? Qarang, ko'pchilik bu kamardan pastga urilgan deydi. Boshqalar esa bu qonuniy deyishadi. Bu narsa allaqachon o'tib ketdi. Men o'tmishda emas, hozirgi zamonda yashayman. Men shu erdaman, u erda emas", — dedi Usik Ring Magazine’ning YouTube-kanalida.
Havola :
Manba : Ring Magazine
Fikrlar