So’nggi yangiliklar

01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

23 may 11:37
Yangiliklar

Kurash

Jizzaxda belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi FOTOGALEREYA

Teglar :  Belbog'li kurash
Jizzax shahri "Urda" bog'idagi anfiteatrda Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi belbog'li kurash, alysh hamda qazaq kuresi bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyat xokimligi, Jizzax viloyati prokraturasi, Osiyo belbog'li kurash  konfedraciyasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi va qator tashkilotlar hamkorligida yuqori saviyada o'tkazilayotgan ushbu Osiyo  chempionatida O'zbekiston, Yaponiya, Eron, Hindiston, Indoneziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston kabi 12 ta davlatdan kelgan polvonlar kuch sinashmoqda.

CHempionat doirasida Jizzax shahridagi "O'zbekiston" mehmonasining anjumanlar zalida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'minxo'ja Muratov (O'zbekiston), O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Alysh xalqaro federaciyasi prezidenti Adilet Bayaman ulu (Qirg'iziston), Qazaq kuresi associaciyasi bosh direktori Estek Erlan Jumabekuli (Qozog'iston), Jizzax viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Jaloliddin O'ktamov hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Matbuot anjumanida Osiyoda belbog'li  kurashni, xususan, belbog'li kurash sport turlarini keng rivojlantirish, o'zaro hamkorlik aloqalari xususida takidlandi. Matbuot anjumani yakunlangach, kunning ikkinchi yarmida reglamentga muvofiq, qirg'iz alysh kurashining klassik yo'nalishi bo'yicha bellashuvlar boshlandi. 

Kecha klassik yo'nalishda erkaklar o'rtasida 60, 70, 80, 90, 100, +100 kg. vazn toifasida, ayollar o'rtasida esa 55, 60, 65, 70, 75, +75 kg.vaznda toifalarida 200 nafarga yaqin sportchilar o'rtasida g'oliblar aniqlandi.

Bugun qirg'iz alysh kurashaning erkin yo'nalishida bellashuvlar o'tkazilyotgan bo'lsa, ertaga belbog'li kurash bo'yicha polvonlar Osiyo chempionligi uchun  bellashishadi. 25 may  kuni esa qazaq kuresi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. 

SHuningdek, kechagi alysh kurash bo'yicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing