So’nggi yangiliklar

01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

24 may 11:20
Yangiliklar

Kurash

Jizzaxda belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda FOTOGALEREYA

Bugun musobaqaning uchinchi kunida Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi belbog'li kurash, alysh hamda qazaq kuresi bo'yicha Osiyo chempionatida doirasida O'zbek milliy belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi bellashuvlarga start berildi.

Mazkur belbog'li ko'rash bo'yicha musobaqada 130 nafarga  sportchilar ishtirok etmoqda. Bugun erkaklar -57, -62, -68, -75, -82, -90, -100, +100 kg. vazn toifasida kurash tushishsa, ayollar -52, -58, -66, -76, +76 kg vazn toifalarida bellashishadi. 

Kecha esa qirg'iz alysh kurashi bo'yicha musobaqalar yakunlandi. Demak, chempionlar bilan tanishamiz. 

Erkaklar. Klassik yo'nalish

60 kg. Roman Sarapov (Qirg'iziston), 70 kg. Marlen Abdurasulov (Qirg'iziston), 80 kg. Eldiar Seksenbaev (Qirg'iziston), 90 kg. Nursulton Bochonov (Qirg'iziston), 100 kg. Bekbol Nurlan o'g'li (Qozog'iston), +100 kg. Nurmuhammed Boydogdiev (Turkmaniston). 

Ayollar. Klassik yo'nalish

55 kg. Elzada Mamunzanova (Qirg'iziston), 60 kg. Manzuraoy Muydinova (O'zbekiston), 65 kg. Maftunabonu Mahmudova (O'zbekiston), 75 kg. Perizat Zakurbekova (Qozog'iston), +75 Aizxon Anarbekova (Qirg'iziston). 

Erkaklar. Erkin yo'nalish

60 kg. Abduresul Durdiev (Turkmaniston), 70 kg. Murodjon  Hamidov (O'zbekiston), 80 kg. Husan Abduhamidov (O'zbekiston), 90kg. Azizxon Mo'sabek ulu, 100 kg. 100 kg. Obidali Mavlonov (O'zbekiston), +100 kg. Nurmuhammed Boydogdiev (Turkmaniston). 

Erkin yo'nalish. Ayollar 

55 kg. Nazerki Abiltaeva (Qozog'iston), 60 kg. Omoilbanin Mohsen Mohseni (Eron),65 kg. Azemi Kamchebekova (Qirg'iziston), 70 kg. Rayxane Hossen (Eron), 75 kg. Jemal Oylakulova (Turkmaniston), +75 kg. Nagira Sarbasova (Qirg'iziston). 

G'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan mukofotlanishdi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur Osiyo chempionati O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyat xokimligi, Jizzax viloyati prokraturasi, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi qator tashkilotlar hamkorligida yuqori saviyada o'tkazilayotgan bo'lib, Osiyo  chempionatida O'zbekiston, Yaponiya, Eron, Hindiston, Indoneziya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston kabi 12 ta davlatdan davlatlardan tashrif buyurgan polvonlar kuch sinashishmoqda.

Alimurod MAMADAMINOV, Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirlarimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing