So’nggi yangiliklar

07:01Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди 0 01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0

27 may 16:07
Yangiliklar

Kurash

Jizzaxda belbog'li kurash bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi FOTOGALEREYA

Musobaqaning so'nggi kuni qozoq kuresi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida bellashuvlar o'tkazildi.

G'oliblik yo'lida 100 nafar sportchilar gilamga chiqishdi. 

G'oliblar bilan tanishing:

55 kg. Xurshidbek CHoriev (O'zbekiston), 60 kg. Ernur Suleyman (Qozog'iston), 66 kg. Manusher SHirinov (O'zbekiston), 74 kg. Zumazxan Kozambekov (Qozog'iston), 82 kg. Umid Esonov (O'zbekiston), 90 kg. Surush Karimov (Tojikiston), 100 kg.  Marat Baikarimov (Qozog'iston). +100 kg. Nurdaulet Zaryulgapov (Qozog'iston). 

Ayollar 

48 kg. Ulbusin Hakimova (O'zbekiston), 52 kg. Aruzxan Adazxan (Qozog'iston), 56 kg. Rauza Nurmahmadieva (Qozog'iston), 60 kg. Ibodatxon Agajonova (O'zbekiston), Muxlisaxon Qodirberganova (O'zbekiston), 70 kg. Roza Nusantakyazu (Qozog'iston), 77 kg. Filura Ergasheva (O'zbekiston), +77 kg. Albina Bakieva (Qozog'iston).

Umumjamoa hisobida ayollar o'rtasida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Uchta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritgan Qozog'iston ayollar terma jamoasi ikkinchi bo'ldi.

Erkaklar o'rtasida umumjamoa hisobida Qozog'iston terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medali bilan birinchi o'rinni band etdi. Uchta oltin, 1 tadan kumush va bronza medaliga sazovor bo'lgan terma jamoamiz esa faxrli ikkinchi o'rinni egalladi. 

Qozoq kuresi bo'yicha Osiyo chempionati yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. 

Bir kun avval bo'lib o'tgan belbog'li kurash bellashuvlarida erkaklar terma jamoamiz 7 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza melallarni jamlab, Osiyo chempionatida etakchilik qilgan bo'lsa, ayollar terma jamoamiz ham 5 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lib, umumjamoada birinchi o'rin sohiblariga aylanishdi. 

Eslatib o'tamiz, mazkur Osiyo chempionati O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jizzax viloyat xokimligi, Jizzax viloyati prokraturasi, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing