So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

17 dek 10:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Jizzaxda Sog'lom kelajak sari sport festivali bo'lib o'tdi

Ushbu sport festivali chekka – Arnasoy tumanidan boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 martdagi o'tkazilgan videoselektor majlisida belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchisi yo'nalishi bo'lgan yoshlarni jismonan chiniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan tashabbus ijrosini taminlash maqsadida yurtimizning barcha hududlarida sport tadbirlari muntazam o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va qator tashkilotlar hamkorligida «Sog'lom kelajak sari» shiori ostida yoshlar sport festivali bo'lib o'tdi.

Ushbu sport festivali chekka – Arnasoy tumanidan boshlandi. Mazkur sport festivaliga tumandagi mavjud umumtalim maktablaridan 350 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Yosh sportchilar besh kilometr masofaga marafon, gandbol, futbol, basketbol va voleybol sport turlari bo'yicha musobaqalarda ishtirok etishdi.

Ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilgan katta sport tadbiri bayramona koncert dasturiga ulanib ketdi.

Tadbir yakunida ushbu sport festivalida faol ishtirok etgan yoshlar mutasaddilar tomonidan tasis etilgan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Eslatib o'tamiz, «Sog'lom kelajak sari» yoshlar sport festivali viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing