08 may 15:08
Yangiliklar
Futbol

Braziliya Osiyo chempionati finalchisini ayab o'tirmadi
Seyshel orollarida plyaj, yani sohil futboli bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda.
Kecha tunda C va D guruhida ham oxirgi tur uchrashuvlari o'tkazildi va shundan so'ng barcha chorak finalchilar malum bo'ldi. C guruhida Senegal CHili ustidan 7:3 hisobida zafar quchdi. Ispaniya - Taiti bahsida esa 8:3 hisobi qayd etildi.
D guruhida Italiya El Salvador darvozasiga javobsiz 5ta to'p kiritgan bo'lsa, amaldagi jahon chempioni Braziliya Osiyo chempionati finalchisi Ummonni ayab o'tirmadi va 11:1 hisobida g'alabaga erishdi.
8 may kuni bo'lib o'tadigan chorak final juftliklari quyidagicha ko'rinish olgan:
Belarus - Eron
Portugaliya - Yaponiya
Senegal - Italiya
Braziliya - Ispaniya
Plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionati finali 11 may kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar