So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

12 dek 12:36
Yangiliklar

Boshqalar

O'rganish ishlari Jizzax viloyatida olib borildi

Sport vaziri Adham Ikramov hamda Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi mutasaddilar o'rganish ishlarini Jizzax viloyatida davom ettirishdi.

Ishchi guruhga viloyat hokimi Ergash Saliev hamrohlik qildi.

Dastlab rasmiylar Dashtobod shaharchasidagi sport maktabida bo'lishdi. Mazkur muassasa taekvondo VT sport turiga ixtisoslashgan bo'lib, Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Ozoda Sobirjonova ushbu maktab tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. Mutasaddilar sportchimiz va mazkur zalda mashg'ulot olib borayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning rejalari, sharoitlari haqida suhbatlashishdi.

SHundan so'ng rasmiylar Zomin va Zarbdor tumanlaridagi sport maktablarini ham ko'zdan kechirishdi. U erdagi sharoitlar, o'quvchilarning mashg'ulotlar jadvali, moddiy-texnik bazalar o'rganildi va ish samaradorligini oshirish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.

SHuningdek, Jizzax shahridagi velosportning BMX yo'nalishiga ixtisoslashgan majmua, SHarof Rashidov va Do'stlik tumanlardagi sport maktablarning faoliyati ham o'rganilib, yoshlarni sportga yanada keng jalb qilishga doir vazifalar belgilab olindi.

Har bir hududda bo'lgani kabi viloyatdagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga ham alohida nazar tashlandi. Viloyat futbol akademiyasida o'tgan o'rganish ishlari doirasida mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda har bir federaciyalarning viloyat bo'limi vakillari va boshqa mutaxassislar bilan yangi Olimpiya cikliga tayyorgarlik bo'yicha fikr almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing