So’nggi yangiliklar

21:33Ёзги Универсиада: Ҳисобимизда 1 та олтин ва 2 та бронза медаллари! 0 19:14"Пол Жошуани нокаут қилади" - Тайсон Фьюри 0 18:51Хабиб ҳалиям жангларга қайтиш таклифлари бўлаётганини айтди 0 18:26Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди 0 18:01Бир ўлиб тирилган Бен Аскрен касалхонадан чиқди 0 17:40"Ҳумо"нинг россиялик собиқ матбуот котиби: "Клуб янги мавсумни ўтказиб юбориши 3 ой олдин аниқ бўлганди, лекин..." 0 17:19Иржи Прохазка ва Халил Раунтри UFC 320 турнирида жанг қилади 0 16:57Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди 0 16:40Богдан Гусков: "Мен доимо тўлиқ уч раундга тайёргарлик кўраман" 0 16:32Хабиб агар Махачев Делла Маддаленани ютса, кейинги рақиб ким бўлишини айтди 0 16:10Рейтинги йўқ 45 ёшли Винус Уильямс 21 йиллик рекордни такрорлади 0 15:48Анкалаев: "Бу сафар Перейрани нокаут қиламан" 0 15:22МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди 0 15:01Макс Холлоуэй енгил вазн рейтингида кучли тўртликка кириб олди 0 14:41Хабиб Нурмагомедов айни дамдаги энг яхши оғир вазнли ММА жангчиси ким эканини айтди 0

29 jan 13:04
Yangiliklar

SHaxmat

Jurnalistlar dona surdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  SHaxmatOAV
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashabbusi bilan mamlakat shaxmat federaciyasida OAV vakillari va blogerlar o'rtasida shaxmat bo'yicha O'zbekiston birinchiligi o'tkazildi.

Mamlakatimizda jurnalistlarni sportga keng jalb etish, ular ishtirokida turli musobaqalar tashkil etish va g'oliblarni rag'batlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar ommaviy axborot vositalari xodimlariga doim ko'tarinki kayfiyat, ijodiy jo'shqinlik baxsh etadi.

Takidlash joizki, oltmish to'rt katak ichida kechadigan shaxmat o'yinlarida nafaqat sport va sanat, balki falsafa, mantiq, hisob ilmlari o'zaro jamlanib, ajib uyg'unlik kasb etadi.

Davomli mantiqiy fikrlashni rivojlantiruvchi intellektual o'yinlar ichida eng asosiysi va murakkabi, mukammali bo'lgan shaxmat bilan taniqli jurnalistlar, qalami o'tkir ijodkorlar muntazam shug'ullanib kelgani bejiz emas. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari xodimlari orasida ham shaxmat ishqibozlari ko'pchilikni tashkil etadi.

Mamlakatimizda OAV vakillari va blogerlar orasida shaxmat sportini yanada ommalashtirish, ularga o'z iqtidorini namoyon etishiga imkon yaratish maqsadida tashkil etilgan shaxmat bo'yicha O'zbekiston birinchiligi musobaqasida har bir viloyatdan, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan jurnalistlar qatnashdi.

Hakamlar ishtirokchilarning har bir partiya bo'yicha erishgan natijalarini, bahslar murosasiz o'tayotganini qayd etib borishdi. Qizg'in bellashuvlar yakuniga ko'ra, ayollar o'rtasida O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar universiteti o'qituvchisi Yoqutxon Erkaboeva birinchi, Surxondaryo viloyati vakili Dinora Xursandova ikkinchi, O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Dilobar Mamatova uchinchi o'rinni egalladi.

Erkaklar o'rtasida “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ matbuot kotibi Otabek Haylaev birinchi, «Buxoronoma» gazetasining muxbiri Rustam Ibragimov ikkinchi, «O'zbekiston» telekanali xodimi Davron G'ulomov uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov mamlakatimizda shaxmatni aholi o'rtasida keng targ'ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, «aql gimnastikasi»ni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga alohida etibor qaratilayotgani, OAV vakillari va blogerlar o'rtasida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha O'zbekiston birinchiligi musobaqasining ahamiyati xususida so'z yuritdi, jurnalistlarni jipslashtiradigan bunday musobaqalar ananaviy ko'rinish olishi lozimligini takidladi.

Musobaqa g'oliblari O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining diplom, qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandi va ular Markaziy Osiyo davlatlari jurnalistlari o'rtasida Toshkent shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan shaxmat bo'yicha Markaziy Osiyo birinchiligida ishtirok etish huquqini ham qo'lga kiritdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing