23 iyu 18:01
Yangiliklar

Bir o'lib tirilgan Ben Askren kasalxonadan chiqdi
SHifoxonada unga murakkab jarrohlik amaliyoti - ikki o'pkasini ko'chirib o'tkazish bo'yicha murakkab operaciya o'tkazilgandi.
"Bu uzoq yo'l bo'ldi, - deydi Askren ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan avtomobilning yo'lovchi o'rindig'ida uyiga ketayotgani aks etgan videoda, - va u hali tugamadi, chunki men amalda yura olmayman. Men buni va boshqa ko'p narsalarni qayta o'rganishim kerak bo'ladi".
Avvalgi videoda Askren shifoxonada to'rtta klinik o'limni boshdan kechirgani, 20 kilogrammdan ortiq vazn yo'qotgani va to'shakda yotgan vaqtining kamida yarmini eslay olmasligini aytgan edi. Uning kasallik tafsilotlari hali ham to'laligicha malum emas, garchi uning rafiqasi Emi yaqinda ular yaqin kelajakda bazi tafsilotlarni baham ko'rishlari mumkinligini aytgan bo'lsa-da.
Malum bo'lishicha, Ben Askren stafilokokk infekciyasiga chalingan, u katta ehtimol bilan bu kasallikni kurash zalida yuqtirgan. SHu fonda may oyining oxirida unda pnevmoniya rivojlanib, o'pkaning jiddiy shikastlanishiga olib kelgan.
Fikrlar