So’nggi yangiliklar

17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0 09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0

13 sen 08:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Rayan Garsiya - Konor Benn jangida nokaut qayd etildi

AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan va Zuffa Boxing tomonidan tashkil etilgan professional boks turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Rayan Garsiya  britaniyalik davogar Konor Bennga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini ikkinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.

Har ikki raqib jangni faol boshladi. Garsiya qarshi hujumlarda harakat qilgan bo'lsa, Benn yaqin masofaga kirib, zarbalar yo'lladi. Ikkinchi raundda Garsiyaning o'ng qo'l bilan yo'llagan aniq qarshi zarbasi britaniyalik raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Garsiya kanat yaqinida raqibini yakson qilishga kirishdi va garchi boshqa nokdaunlar bo'lmasa-da, Benn zo'rg'a tik turganligi sababli hakam jangni to'xtatdi.

G'alabadan so'ng Garsiya WBA chempioni Teofimo Lopesni jangga chorladi. Lopes ringga chiqishga urindi, biroq qo'riqchilar uni nima uchundir kiritishmadi. Bungacha qo'riqchilar Devid Benavidesni ham to'xtatib qolishgan, biroq keyinroq uni Jey Opetayaning oldiga ringga o'tkazib yuborishgandi. Kiyinish xonasiga ketayotib, Garsiya DAZN telekanaliga bergan intervyusida zaldagi Terens Kroufordning yonida o'tirgan WBO chempioni Devin Xeyni bilan emas, aynan Lopes bilan jang qilishga qiziqayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Benn hakamning qaroriga etiroz bildirmadi. Ushbu jang oldidan Benn bu uning yarim o'rta vazndagi so'nggi jangi ekanligini malum qilgandi. Bu yaqqol ko'rinib turgan edi, chunki tarozidan o'tgandan so'ng Benn vaznini deyarli 80 kg ga ko'targandi. Uning so'zlariga ko'ra, u birinchi o'rta vazn toifasini o'tkazib yuborib, o'rta vazn toifasida jang qilish niyatida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing