23 iyu 16:57
Yangiliklar
Futbol

Ivanovich va SHvaynshtayger to'qqiz yillik turmushdan so'ng ajrashishdi
Ana Ivanovich va Bastian SHvaynshtayger to'qqiz yil birga yashagandan so'ng ajrashishdi.
Bu haqda dunyoning sobiq birinchi raketkasi huquqshunosi xabar berdi. Ajrashish sababi sifatida "bartaraf etib bo'lmaydigan kelishmovchiliklar" ko'rsatildi. Boshqa tafsilotlarni ikkala tomon ham oshkor qilishni xohlashmayapti.
So'nggi paytlarda SHvaynshtayger ish bilan ko'p sayohat qilib, asosan Myunxenda yashagan, Ivanovich esa bolalari bilan Belgradda qolayotgan edi.
Ular 2016 yil iyul oyida turmush qurishgan edi. Juftlikning uch o'g'li bor: Luke – etti yoshda, Leon – to'rt yoshda, Teo – bir yoshda.
Havola :
Manba : spiegel.de
Fikrlar