So’nggi yangiliklar

18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 14:01Эдди Хирн: "Эннис — Ортис жанги устида ишлаяпмиз" 0 13:40Мусиаланинг қанча муддатга сафдан чиққани маълум 0 13:19Шоҳжаҳон Усмонов Kocaeli European Judo Hopes чемпиони 0

27 iyu 17:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

“Kamaru Usman, tayyor tur”. Qozog'istonlik jangchi muxlislarini hayratlantirdi

Teglar :  SHavkat Rahmonov
“Kamaru Usman, tayyor tur”. Qozog'istonlik jangchi muxlislarini hayratlantirdi

Rahmonov Taymusov va Bernsni mag'lub etgan jangchini qiyinchiliksiz taslim etdi

Las-Vegasda o'tkazilgan UFC Fight Night 190 turnirida qozog'istonlik yorqin MMA jangchisi SHavkat Rahmonovning navbatdagi jangi bo'lib o'tdi. U braziyalik Mishelyu Prazerisga qarshi kurashdi va g'alabaga erishdi. Rahmonov 39 yoshli braziyalik bilan jangga o'zining tajribasi bilan erishdi. U professional sifatida 13 ta jang o'tkazgan hamda barchasida muvaffaqiyat qozongan. UFC'da esa ikkinchi marta oktagonga ko'tarildi. Rahmonov debyutida Aleksey Oliveyrani taslim bo'lishga majbur qilgan. Bu kurash UFC 254 kechasida bo'lgan, shuningdek turnirda Xabib Nurmagamedov ham master-klass namoyish qilgan. 

Prazerisga kelsak, 39 yoshli faxriy jangchi Mayrbek Taysumov hamda kamar uchun davogar Gilbert Berns ustidan g'alaba qozongan, avstriyalik CHechen Ismail Naurdievdan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng oktagonga ko'tarildi. Faxriy jangchida o'zining nimalarga qodir ekanligini ko'rsatish imkoniyati tug'uldi.

Jangning dastlabki soniyalaridayoq MMA da o'zining 30-jangini o'tkazayotgan Prazerisning raqibidan qo'rqqanligi hayratlanarli tus oldi. Braziyalik bor kuchi bilan kurashdan qochishga urindi, biroq unda imkoniyat bo'lmadi. Rahmonov raqibini taslim bo'lishga majburladi va birozdan keyin birinchi teykdaunni amalga oshirdi. 

CHarchab qolgan braziyalik hech narsa qila olmas, hattoki qarshi hujum ham qila olmadi, SHavkat esa asabiylashmasdan jang qildi. 

Ikkinchi raundda Rahmonov ishini yakuniga etkazdi. Navbatdagi teykdaun braziyalikni yiqitdi. Grand-end-paunddan keyin Rahmonov raqibini bo'g'ishni boshladi va jangga nuqta qo'ydi. 

Rahmonov faoliyatidagi o'n to'rtinchi va UFC dagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Amerika ligasidagi ikki muvaffaqiyatga muddatidan oldin erishdi. 

ESPN Rahmonovning bu g'alabasidan keyin uni “muammo” deb atashni boshladi. 

SHavkatni qo'llab-quvvatlaganlar bu muvaffaqiyatdan juda xursand bo'lishdi. Uning sobiq muxlislari esa sevimli jangchisi tez orada yarimo'rta vazn yoifasidagi Kamaru Usmanga ham qiyinchiliklar tug'dirishiga ishonchi komil. 

Instagram foydalanuvchilaridan biri UFC Rossiya sahifasida: “Kamaru Usman, tayyorlan. Senga qarshi qozoq jang qiladi. Xudo xohlasa, u navbatdagi chempion”,-deb yozdi.

Boshqa bir obunachi esa liganing mashhur yulduzi SHavkatning keyingi raqibi bo'lishi mumkinligini yozib qoldirgan. 

“Navbat Xamzat CHimaevga”. “Yo'lbars, olg'a, Qozog'iston”,-kabi bir soat ichida mingdan ortiq kommentariyalar yozilgan. 

Albatta, hozircha SHavkatning chempionlik imkoniyatlari haqida gapirish erta, ammo uning UFC'dagi g'alabalari Qozog'istonliklarga umid baxsh etadi.  Rahmonov ajoyib kurash mahoratini namoyish qilib, ikki marta muddatidan oldin g'alabani qo'lga kiritdi. 

SHuningdek SHavkat bilan janggacha Prazeris hech qachon muddatidan oldin engilmagan edi. 39 yoshli brzaziyalik faoliyatidagi to'rtinchi mag'lubiyatga uchradi, biroq oldingi muvaffaqiyacizliklari hakam qarori bilan qabul qilingan edi. 

SHunday qilib SHavkatning yo'li kichkina bo'lsa ham tarixiy yutuqlardan boshlandi.


Xorijiy saytlar asosida Ozoda Qayumova tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing