06 iyu 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Ennis - Ortis jangi ustida ishlayapmiz"
Britaniyalik promouter Eddi Xirn yarimo'rta vazn toifasida IBF va WBA yo'nalishlari sobiq chempioni, mijozi Jeyron Ennis navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi.
"Ehtimol, sentyabr yoki oktyabr oyining boshlarida Ennis super yarimo'rta vaznda jang qilayotgan bo'lar. Biz bu vazndagi bir necha raqiblarga taklif yubordik. Jeyron ringga qaytishga tayyor. Men Ennisning yangi vazn toifasiga ko'tarilishini intiqlik bilan kutyapman va o'ylaymanki, siz super yarimo'rta vazn toifasida umuman boshqa Ennisni ko'rasiz.
Ehtimol, uning ilk jangi Filadelfiyada bo'lar. Hozirda biz Golden Boy bilan Virjil Ortisga qarshi jang bo'yicha muzokara olib boryapmiz. Menimcha, bu jangning bo'lishi muqarrar. Biz aynan shu jangni xohlaymiz", dedi Xirn.
Malumot uchun, Ennis vakant qoldirgan WBA kamari uchun hamyurtimiz SHahram G'iyosov majburiy davogar sanaladi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar