So’nggi yangiliklar

13:39Шоҳида Аҳмедова Туркияда ўтказилган "Яшар Догу" халқаро турнири совриндори бўлди 0 13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0

02 mar 07:22
Yangiliklar

Karate

Karate bo'yicha bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati tantanali ochildi

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabduraxmonovlar ishtirok etdi

Poytaxtimizdagi «Universal» sport majmuasida karate WKF bo'yicha bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari boshlandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston karate milliy federaciyasi hamda Sport yakkakurashlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 800 nafardan ziyod iqtidorli karatechilar bahslarga kirishdi.

Kechagi bahslarda 8-9 yoshli o'g'il bolalar va qizlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar yakkalik kata va kumite bo'yicha o'zaro musobaqalashdi.

Bolalar va qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabduraxmonov, O'zbekiston sport faxrilari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va boshqalar ishtirok etdi.

Marosimda so'zga chiqqan MOQ raisi R.SHoabduraxmonov ushbu sport bayrami bilan barcha ishtirokchilarni muborakbod etdi. SHundan so'ng musobaqani ochib berish uchun so'z Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Ermatovga berildi.

- Karate sporti O'zbekistonda ommalashgan va rivojlangan sport turlari qatoriga kiradi. Bugungi kunda yurtimizda 10 mingga yaqin sportchilar karate bilan muntazam shug'ullanib kelishmoqda. O'zbekiston karate milliy federaciyasi rahbariyati barcha masullar bilan birgalikda ushbu sport turini yanada rivojlantirish va uni yoshlarimiz orasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish uchun bir yoqadan bosh chiqarib, ahil bo'lib mehnat qilishlariga ishonamiz. SHuni mamnuniyat bilan takidlash kerak, bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Bugun boshlangan musobaqada har bir ishtirokchiga omad tilayman, - dedi Ravshan Sayfiddinovich.

Milliy estradamiz yulduzlari hamda raqqosalarning go'zal chiqishlari yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladi.

Tadbirning eng kulminacion nuqtasi sifatida ochilish marosimi tugagach Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari R.Ermatov hamda MOQ raisi R.SHoabduraxmonov musobaqa ishtirokchilari bilan estalik uchun suratga tushishdi. Bu esa endigina katta sportga kirib kelayotgan bolajonlar qalbida shu sohaga bo'lgan qiziqishni yanada ortishiga xizmat qilishiga shubha yo'q.

Final janglari tugagach, g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Kechagi musobaqalarning barcha g'olib va sovrindorlari:

Yakkalik kata mashqlari.

9 yoshli qizlar

1. SHomurotova M.

2. Abduraimova SH.

3. Karimova SH.

3. Jahongirova SH.

8-9 yoshli o'g'il bolalar

1. Kushbaev SH.

2. Komilov K.

3. Rustamjonov K.

3. Qadamov S.

Yakkalik kumite

8-9 yoshli qizlar

1. Rustamova G.

2. Qo'ziboeva SH.

3. Zokirova M.

3. Nuriddinova M.

8-9 yoshli o'g'il bolalar

1. Jabborov

2. Ismatullaev

3. Isroilov

Musobaqalar ertaga davom ettiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing