So’nggi yangiliklar

14:54Сауль Альварес 2018 йилдан бери илк бор ЖЧ камарисиз қолди 0 14:30Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади 0 14:09Теренс Кроуфорд: "Мен энди бокснинг юзиман" 0 13:48Эшкак эшувчиларимиз Москвадаги турнирда 9 та медал жамғаришди 0 13:27Баҳодир Жалолов: "Сен биз учун чемпионсан" (ФОТО) 0 13:06"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади 0 12:45Жаҳон чемпионатига тайёргарлик кўраётган пара сузувчиларимиз машғулотларнинг сўнгги босқичини ўтказмоқда 0 12:24Жаҳон чемпионатида бугундан Умиджон Жалолов ва Лайлохон Собированинг иштироки бошланади, Ғуломжон Абдуллаев бронза учун курашади 0 12:03Турки аш Шайх Канелога: "Бундан ҳам кучлироқ бўлиб қайтишингга шубҳам йўқ" 0 11:42Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:21Жаҳон чемпионати: медаллар жамғариш умумий рейтингида иккинчи бўлдик 0 11:00Шоҳруҳ Давлатов Жаҳон чемпионатида мавсумдаги энг яхши натижасини кўрсатди 0 10:39Муроджон Аҳмадалиев мағлубиятдан кейин илк бор пост қолдирди 0 10:18Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди 0 09:57Наоя Иноуэ: "Бу Муроджоннинг шарофати билан эди" 0

04 iyu 11:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Kecha Qoraqalpog'istonda qo'l jangi bo'yicha katta musobaqa tashkil etildi (Barcha natijalar + GALEREYA)

Kecha Qorqalpog'iston Respublikasining Nukus shahri qo'l jangi bo'yicha xalqaro turnirga mezbonlik qildi.

Unda aralash yakkakurash ustalarimiz bilan birga dunyoning 6 davlatdan kelgan kuchli qo'l jangi sporti vakillari o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Rossiya, Ozarbayjon, Tojikiston, Belarus, Germaniya va Moldovadan kelgan sportchilar Husniddin Sattorov, Ikrom Abduraimov, Nursulton Seytmuratov, Jamshid Rahmonaliev, SHahboz Tursunov, Botirbek Ho'jabekov kabi nomdor jangchilarimizga qarshi kurash olib borishdi.  

Barcha natijalar:

1. Qo'l jangi bo'yicha R1 yo'nalishi bo'yicha professionallar o'rtasidagi 1-jangda 62 kg vazn toifada Toxir Tokarev (Rossiya) SHaxboz Tursunov (O'zbekiston) to'qnash keldi. Ushbu jang 1-raundda rossiyalik sportchining g'alabasi bilan yakunlandi. Tokarev og'riqni qo'llash usuli orqali 48 soniyada zafar quchdi.




2. Qo'l jangi bo'yicha R1 yo'nalishi bo'yicha professionallar o'rtasidagi 2-jangda 57 kg vazn toifada Zafar Abduraxmonov (Ozarbayjon. Boku) Ikrom Abdreimov (O'zbekiston) bilan ro'baro' keldi. Mazkur 3 raunddan iborat jangda xakamlar qaror bilan Ikrom Abdreimov g'alaba qozondi.




3. Qo'l jangi bo'yicha R1 yo'nalishi bo'yicha professionallar o'rtasidagi 3-jangda 67 kg vazn toifada Nik SHandler (Germaniya) 2-karra jahon chempioni Xusniddin Sattorov (O'zbekiston) qarshi ringga chiqdi. Ushbu jang 1- raundda xamyurtimiz raqibga oyoqni og'ritish usulini qo'llab 53- soniyada muddatdan avval g'alabani qo'lga kiritdi.




4. Qo'l jangi bo'yicha R1 yo'nalishi bo'yicha professionallar o'rtasidagi 4-jangda 80 kg vazn toifasida Ulug'bek Usmonov ( Tojikiston) Nursulton Sitmuratov (O'zbekiston) ga qarshi ringga chiqdi. 3 raunddan iborat jangda Nursulton 1-raundning o'zidayoq raqibini nokautga uchratgan holda g'alaba qozondi.





5. Qo'l jangi bo'yicha R1 yo'nalishi bo'yicha professionallar o'rtasidagi 5-jangda 88 kg vazn toifasida Denis Gvozdev ( Belarus) Jamshid Rahmonaliev (O'zbekiston) ga qarshi ringga chiqdi. 3 raunddan iborat jangda Jamshid 1-raundning 39-soniyasidayoq raqibini nokautga uchratgan holda g'alaba qozondi.




6. Qo'l jangi bo'yicha R1 yo'nalishi bo'yicha professionallar o'rtasidagi asosiy jangda 97 kg vazn toifada Dmitriy CHakusta (Moldova) Batirbek Xojabekov (O'zbekiston) ro'baro' keldi. 5 raund davom etgan bahs yurtdoshimizning g'alabasi bilan yakunlandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing