So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

02 okt 17:47
Yangiliklar

Boks/MMA

Kremlyov: "Rossiya va Belarus sportchilarining musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat berish vaqti keldi"

Teglar :  Umar Kremlyov
Xalqaro boks associaciyasi (IBA) prezidenti, rossiyalik Umar Kremlyov ukrainalik bokschilarga o'z davlati bayrog'i ostidagi musobaqalarda qatnashishi taqiqlanganiga izoh berdi.

"Direktorlar kengashi sportchilarni emas, milliy federaciyani chetlashtirish uchun ovoz berdi. O'z qarori bilan IBA Direktorlar kengashi ukrainalik sportchilarni diskvalifikaciyadan ozod qildi va qo'shimcha ravishda ukrainalik sportchilarning IBA rasmiy chempionatlarida ishtirok etishi uchun xarajatlarini qoplashni taminladi.

Ularning ishtiroki va milliy ramzlardan foydalanish tafsilotlari allaqachon kelishib olingan. Yana bir bor takrorlayman, barcha bokschilarga nima bo'lishidan qatiy nazar, o'z milliy bayrog'i ostida musobaqalarda qatnashishlariga ruxsat berish kerak.

Bokschilar medallar uchun emas, balki o'z mamlakatlarini himoya qilish uchun kurashadilar. Sport siyosatdan tashqarida: u boshlangan joyda, siyosat bilan tugaydi. IBA har bir bokschini o'z mamlakatidagi siyosiy vaziyatdan qatiy nazar himoya qilish uchun hozir-u nozir.

Rossiya va Belarusning barcha sportchilariga o'z sport turlari bo'yicha barcha rasmiy musobaqalarda o'z mamlakatlari vakili sifatida qatnashishlariga ruxsat berishning vaqti keldi. XOQ ham, XF ham barcha sportchilarni himoya qilishi kerak. Millatiga ko'ra kamsitish bo'lmasligi kerak. Sport va sportchilarni siyosatdan uzoqlashtirish har birimizning burchimizdir. IBA va men shaxsan bunday qo'shma tashabbusni qo'llab-quvvatlashga tayyormiz va men barchani yuqori pog'onada bo'lishga, sportchilarimizni siyosatdan uzoqlashtirishga chaqiraman", — deya Kremlyovning so'zlarini keltiradi IBA rasmiy sayti.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing