So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

23 avg 09:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Umar Nurmagomedov raqamlangan turnirda jang qiladi

O'ta engil vazn toifasidagi rossiyalik aralash yakkakurash ustasining qachon va qaerda oktagonga qaytishi oshkor bo'ldi.

Kichik Nurmagomedov 25 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan raqamlangan UFC 321 turnirida oktagonga chiqadi. Bu haqda divizion reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Umarning o'zi Kaspiyskda o'tgan matbuot anjumanida xabar bergan. 

"Ha, bu to'g'ri malumot. Menejerim menga qo'ng'iroq qilib, UFC rahbarlari Abu-Dabida jang qilishimni istayotganini aytdi. Biz jamoamiz bilan kelishib, bu taklifga rozilik berdik. Boisi, o'sha paytda butun jamoamiz Dubayda bo'ladi. Lokaciya qulay va men Abu-Dabida jang qilaman. Aslida men besh raundlik turnirning asosiy jangida oktagonga chiqishni rejalashtirayotgandim. UFC`dagilar shuni istashayotgan ekan, mayli bu chorlovni qabul qildim", – dedi Nurmagomedov.

SHuningdek, Umar Abu-Dabida g'alaba qozongan taqdirda yana chempionlik jangi uchun imkoniyat berilishini ham qo'shimcha qildi. 

"Hammasi yana UFC`ga bog'liq. Bir o'zim hech narsani hal qila olmayman. Davogarlar orasida g'alabali seriya bilan kelayotgan Pyotr Yan ham bor. Menimcha, UFC aynan Yanga chempionlik imkoniyatini taqdim etadi. Keyin mening Abu-Dabida qanday natija ko'rsatishimga ham ko'p narsa bog'liq. Agar yorqin jang ko'rsatib g'alaba qozonsam, meni kamar uchun davogar deb elon qilishlari ham mumkin. Men bunga tayyorman", – dedi Umar Nurmagomedov.

Umar Nurmagomedov Abu-Dabidagi turnirda kimga qarshi jang o'tkazishini ochiqlamadi. Katta ehtimol bilan uning raqibi divizion reytingida sakkizinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Mario Bautista bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing