19 avg 18:14
Yangiliklar

Xabib Umar Nurmagomedovning navbatdagi jangi haqida xabar berdi
Umarning amakivachchasi, engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov jiyanining navbatdagi jangi haqida malumot berdi.
"Umar oktyabr oyining oxirida oktagonga qaytadi", — deya qisqa o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Xabib Nurmagomedov.
Katta ehtimol bilan Umar 25 oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan UFC turnirida oktagonga chiqadi. U shu yilning yanvar oyida o'tgan UFC 311 turnirida chempion Merab Dvalishviliga hakamlarning qarori bilan mag'lub bo'lgandi. 29 yoshli Nurmagomedov hisobida UFC promoushenida erishilgan 6 g'alaba hamda 1 mag'lubiyat bor. 2016 yilda MMAda debyut qilgan Umar 2021 yildan beri dunyoning eng kuchli Ligasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Fikrlar