So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

12 noy 13:20
Yangiliklar

Boshqalar

Lyucernda o'tadigan Universiada-2021 dekabrga qoldirildi

30-Qishki Universiada o'yinlari koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgani va musobaqalar 2021 yil 11-21 dekabr kunlari bo'lib o'tishini malum qildi.

Xalqaro universitetlar sporti federaciyasi (FISU) SHveycariyaning Lyucern shahrida kelgusi yilning 21-31 yanvar kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan 30-qishki Universiada o'yinlari koronavirus pandemiyasi sababli qoldirilgani va musobaqalar 2021 yil 11-21 dekabr kunlari bo'lib o'tishini malum qildi.

Qaror tashkilot Ijroiya qo'mitasi tomonidan FISUga azo milliy federaciyalar, shuningdek, dasturdan o'rin olgan oltita xalqaro federaciya o'rtasida o'tkazilgan so'rovnoma natijasida qabul qilindi.

Eslatib o'tamiz, SHveycariyadagi talabalar o'yinlari bir vaqtning o'zida mamlakatning oltita mamuriy hududi – kantonning hamkorlikdagi qo'shma loyihasidir, Lyucern esa musobaqaning asosiy markazi bo'lishi kerak. Tashkilotchilar rejasiga ko'ra, Universiadaga 50 mamlakatdan keladigan 2500 nafardan ziyod sportchi ettita obektda o'nta sport turi bo'yicha kuch sinashadilar. Avvalgi musobaqalar 2019 yilda Krasnoyarskda bo'lib o'tgan edi.

– Koronavirus pandemiyasi 2020 yilga kuchli salbiy tasir ko'rsatdi, deya qo'shimcha qildi FISU Bosh kotibi va ijrochi direktori Erik Senrond. – Keyingi bir necha yil ichida uning asoratlari xalqaro sport taqvimida sezilarli o'zgarish yasadi. Universiadani keyinga qoldirishda biz mavjud vaziyatni, mamlakat byudjetini va yirik musobaqalar jadvallarini inobatga oldik.

Takidlash kerak, “Lyucern-2021” Tashkiliy qo'mitasi sport anjumanini bundan boshqa kechiktirmasligi aniq, chunki 2022 yilgi qishki mavsum Pekindagi Olimpiya o'yinlariga bag'ishlanadi. Ikki yilga kechiktirishning esa iloji yo'q, chunki 2023 yilda 31-qishki Universiada o'yinlariga Amerikaning Leyk-Plesid shahri mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing