So’nggi yangiliklar

01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

23 may 18:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Mana nima uchun boks "o'lgan"! Lomachenkoning mag'lubiyatiga boks olami vakillari qanday munosabat bildirdi?

Vasiliy Lomachenko Devin Xeyni bilan bo'lgan jangda imkoniyatni "boy berib qo'ygandi".

Bu Lomachenkoning faoliyatidagi uchunchi mag'lubiyat bo'ldi. Jangdan keyingi matbuot anjumanida u: "Bugun nima bo'lganini hamma ko'rdi. Men ushbu jangda 100 foiz g'alaba qozongan edim", deya takidladi. 

Hakamlar qaroriga keladigan bo'lsak, 116-112, 115-113, 115-113 hisobida Xeynining ustunligi qayd etildi. Lomaning menejeri Egis Klimas: "Biz taslim bo'lmaymiz. Natijadan norozimiz va appelyaciya beramiz. Kimdir bu adolatsizlikka barham berishi lozim", - deya izoh bildirdi.


Dunyo boksi va MMA olamining ko'z ko'ringan vakillari Lomachenko – Xeyni qarama-qarshiligi natijasiga qanday munosabat bildirdi?

Bokschi SHakur Stivenson: "Lomachenko so'zsiz jahon chempioni bo'lishi kerak. U bu jangda g'alaba qozongan edi". 

UFC sobiq jangchisi Josh Tompson: "Aynan mana shunaqa xatoliklar sababli insonlar boksni tomosha qilmay qo'yadi. Hakamlar xato qildi, boks o'lmoqda...". 

Murabbiy Teddi Atlas: "Men ikki ochkolik farqqa chidagan bo'lardim, lekin 116-112ga emas. Ularga moash to'laydigan sport turi haqida to'liq tekshiruv o'tkazib bo'ladimi?" 

Bokschi Terens Krouford: "Natijadan hayratdamanmi? Rostini aytsam, ha! Xeyni mening do'stim, men unga ergashdim. Ammo hisob 116-112. Bu – jinnilik!".


Sobiq jahon chempioni, ayni damda DAZN mutaxassisi Serxio Mora: "SHiddatli jangda, odatda eng yaxshi hikoyachi hakamlarning fikri va baholariga tasir qiladi. Loma bugun eng yaxshi hikoyani aytdi".

Sobiq jahon chempioni Abner Mares: "Kechirasiz, men odatda bunday tvit yozmayman. Ammo bugun Lomachenko g'alabaga haqli edi". 

Top Rank rahbari Bob Arum: "Men hakam emas, promouterman, lekin barcha neytral muxlislar Vasiliy uchun bir yoqlama kurash bo'lganini aytishdi". 

Bokschi Jorj Kambosos: "Teng jang. Lomachenko so'nggi raundlarda ustundek ko'rindi".


Bokschi Rayan Garsiya (tvit keyinroq o'chirilgan): "Loma yirik hisobda g'alaba qozondi!!! Boksga zarar etkazadigan narsa shu. Vasiliy yutishi kerak edi. Men tushunmayapman. O'sha erda edim. Loma ko'proq zarba bergandi".

Sobiq jahon chempioni Roy Jons: "To'g'risini aytsam, durang bo'ladi deb o'ylagandim. Juda yaqin jang bo'ldi va Lomachenko chempionlik raundlarida (so'nggi raundlar) g'alaba qozondi. Odatda, bu raundlar qolganlariga qaraganda qimmatroq. SHuning uchun men qura tashlashni taklif qilaman". 

Promouter Oskar De La Xoyya: "Loma yirik hisobda g'alaba qozondi!!! O'zini g'alaba qozona olmadim, deb hisoblagan odam boks haqida hech narsa bilmaydi". 

Sobiq ESPN jurnalisti Den Rafael: "Hech qanday talonchilik bo'lmagan. Ikki hakam jangni bir raundda baholadi. Men durang, deb o'ylagandim. O'ta yaqin jang, biroq Xeynining g'alabasiga shubha qilmagan edim". 

Xo'sh, sizningcha Lomachenko va Xeyni juftligida kim g'alaba qozongandi?

Reyting:    

Fikrlar

   
23 may 22:55:29
baksyor
Lekin loma xarakat qilib bor kuchini saflaganda haneynj nakaut qilardi
   
23 may 22:54:35
baksyor
Loma kuproq va aniqroq xarakat qildi lomani zarbari kuchliroq edi haney asosan tanaga zarba berdi u shunchaki ovoz chiqarib tanaga zarba berdi
   
23 may 19:22:54
Iymon
Ломоченко 100%ғалаба қозонди, худди Муроджонни синдиргандек уни хам синдирди!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing