So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

31 mar 08:18
Yangiliklar

Engil atletika

Marafonda yuksak jasorat ko'rsatgan vatandoshlarimiz munosib etirof etildi

Teglar :  Marafon
Xabaringiz bor, joriy yilning 28 mart kuni poytaxtimizda ananaviy Toshkent Xalqaro marafoni uchinchi bor o'tkazildi.

Musobaqada ishtirokchilar marafon (42,195 km), yarim marafon (21,0975 km), ekiden (5 km+10 km+5 km+10 km+5 km+7,195 km) hamda 3km masofada tashkil qilingan poygalarda o'z omadlarini sinab ko'rishdi.

Katta marafonda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, shuningdek Rossiya Federaciyasi hamda mamlakatimizdan jami 76 nafar professional va havaskor sportchi o'z omadini sinab ko'rgan bo'lsa, yarim marafon bahslarida ishtirokchilar soni 529 nafarni tashkil qildi.

3 km masofaga o'tkazilgan yugurish va yurish musobaqasida esa 779 nafar ishtirokchi startga chiqdi. Bundan tashqari, ilk bora tashkil etilgan ekiden bahslarida turli vazirliklar, idoralar, korxona-tashkilotlar hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik vakolatxonalardan jami 64ta jamoa (har bir jamoa tarkibi 6 nafar sportchidan iborat) qatnashdi. Marafonning umumiy ishtirokchilari soni qariyb 1 800 nafarga etdi va bu Toshkent Xalqaro marafoni tarixida rekord ko'rsatkichdir.

Etiborlisi, marafonda professional va sog'lom sportchilar bilan bir qatorda jismoniy imkoniyati cheklanganlar ham faol ishtirok etishdiki, bu chindan ham tahsinga loyiq. Etirof etish joiz, ular nafaqat III Toshkent Xalqaro marafonida qatnashdi, balki belgilangan marrani matonat bilan bosib o'tishdi.

Ayniqsa, marafon bahslarida asli muhandis bo'lgan Fidan Yakupovning 42 km 195 metr masofani 4 soat 21 daqiqayu 54 soniya ichida 45-bo'lib bosib o'tganligiga qoyil qolmaslikning iloji yo'q. III Toshkent Xalqaro marafoni ishtirokchilari orasida jismoniy imkoniyati cheklanganlardan Fidan yolg'iz emasdi.

III Toshkent Xalqaro marafoni tashkilotchilari shunday matonatli havaskor sportchilarni rag'batlantirishni lozim topdi.

Quyida ana shunday matonatli havaskor sportchilar bilan tanishing:

Fidan Faritovich Yakupov marraga 45-bo'lib etib kelgan. Natijasi – 4:21.54

SHuhrat Rahimberdievich Toshpo'latov yarim marafonda 332-raqam bilan ro'yxatdan o'tgan, 395 nafar ishtirokchi orasida 200-bo'lib marraga etib keldi. Natijasi – 2:04.42.

Daniil Aleksandrovich Bronskiy, 1-guruh tug'ma nogironi. Yarimmarafonda 19-raqam bilan ro'yxatdan o'tgan. Natijasi – 4:21.54

Sergey Sergeevich Uchaev 3 km masofaga o'tkazilgan poygada ishtirok etdi. 1073-raqam bilan ro'yxatdan o'tgan. Natijasi – 0:30.42.

Ushbu havaskor sportchilar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing