01 apr 09:39
Yangiliklar

SHohruh Davlatov va boshqa marafonchilarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etishdi
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari — Nodir Mutalipov, SHohruh Davlatov, Andrey Petrov, Aziza Mirzakbarova hamda SHohsanam Xurramova ishtirok etishdi.
Andrey Petrov turnirda beshinchi o'rinni egallab, shaxsiy rekordini o'rnatdi 2:14:32. Uning oldingi eng yaxshi natijasi, 2:15:17 2018 yilda Seul xalqaro marafonida namoyish etilgandi. Petrovning bu natijasi O'zbekiston tarixida SHohruh Davlatov — 2:07:02 va Vladimir Beloborodov — 2:13:28 yutuqlaridan keyingi eng yaxshisidir.
Nodir Mutalipov 2:27:35 da masofani bosib o'tib, yigirmanchi o'rinni egalladi, SHohruh Davlatov esa 26-kilometr masofada poygani tark etdi. SHohsanam Xurramova marafonni faoliti davomida to'liq bosib o'tdi, Azizaxon Mirzakbarova uchun esa bu masofa debyut bo'ldi. SHohsanam va Azizaxon o'n birinchi va o'n uchinchi o'rinlarni egallab, 2:51:48 va 2:54:52 natijalarni qayd etishdi.
Fikrlar