So’nggi yangiliklar

11:54UFC турнири пайти Кормьенинг қимматбаҳо автомобилини ўғрилаб кетишди 0 11:33Новак Жокович 20-маротаба "Уимблдон"даги юришини ғалаба бошлади 0 11:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг 0 10:51UFC on ESPN 70 турнирининг карди аниқ бўлди 0 10:30Арман Царукян нима учун Илия Топурияни кучсиз жангчи деб ҳисоблашини айтди 0 10:09Жаҳон кубоги. Иккинчи кунда 2 ғалаба ва 1 мағлубият, қозоқ боксчиси мағлуб этилди 0 09:48Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги 1/4 финалчи аниқланди + ВИДЕО 0 09:27Уимблдон турнири тарихида зарба тезлиги бўйича рекорд ўрнатилди 0 09:06Президент топшириғи билан пара велоспортчимиз Фотима Саиповага уй совға қилинди + ФОТО 0 08:45Илия Топурия UFC'да P4P рейтинги етакчиси бўлган ўнинчи спортчига айланди 0 07:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" "Ювентус"ни енгиб, 1/4 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 19:40Абдел-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0

02 may 09:01
Yangiliklar

Boshqalar

Milliy olimpiya qo'mitasi uyushmagan yoshlarni sport ostida birlashtirmoqchi

“Bunyodkor” stadionida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamkorligida ommaviy sport tadbiriga start berildi.

Unda poytaxtimizdagi 12 tumanining profilaktik, probaciya hisobida turgan hamda uyushmagan yoshlar mini-futbol, stol tennisi va estafeta yo'nalishlarida g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda. 

Musobaqaning ochilish marosimida Toshkent shahar IIBB boshlig'i, general-mayor Aziz Toshpo'latov, MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov ishtirok etishdi. Mutasaddilar so'z navbatida Prezidentimiz tomonidan har bir qatlamdagi yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, sog'lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilayotgan etibor xususida to'xtalib o'tishdi.



«O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi muhtaram Prezidentimiz ilgari surayotgan Milliy g'oya – Sog'lom turmush tarzini to'liq qo'llab-quvvatlagan holda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Olimpizmning pok va ezgu g'oyalarini targ'ib qilish, ushbu jarayonga yoshlarni ham jalb qilish borasida izchil ishlarni davom etirmoqda. O'z navbatida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, hususan Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tomonidan ham ommaviy sportni targ'ib qilish, aholi salomatligi va xavsizligini mustahkamlash masalasida ko'plab amaliy tadbirlar tashkil etib kelinayotganidan xursandmiz. Prezidentimiz barpo etayotgan Yangi O'zbekistonning tinchligi, xavsizligi yo'lida olib borayotgan ulkan xizmatlaringizdan minnatdormiz. O'zaro hamkorligimiz bardavom bo'lsin!», – dedi MOQ raisi.

Reglamentga ko'ra, kecha musobaqaning saralash bahslari bo'lib o'tdi. Bugun esa final bellashuvlari va yopilish marosimi o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. Takidlash joiz, ushbu musobaqani tashkil etishdan maqsad jismoniy tarbiya va sportni aholimizning har bir qatlami o'rtasida targ'ib qilish, uyushmagan yoshlarning bo'sh vaqtlarida sport bilan shug'ullanishlarini tashkil etishdan iboratdir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing