03 iyu 07:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirafzal Axtamovning raqibi va jang sanasi malum, u Muhammad Mokaev bilan bir kardda jang qiladi + POSTER
O'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Hamyurtimiz 14 iyun kuni Dubay shahridagi Coca Cola Arena majmuasida tashkil etiladigan MMA bo'yicha 971 Fighting Ligasida ishtirok etadi. O'sha kuni Axtamovga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Adrian Sanches raqiblik qiladi.
Aslida, Mirafzalning PFL Ligasi bilan shartnomasi mavjud bo'lib, yurtdoshimiz keyingi janglarini aynan ushbu promoushenda o'tkazishda davom etadi.
Malumot o'rnida, 32 yoshli buxorolik Mirafzal Axtamov faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. 33 yashar Adrian Sanches hisobida esa 7 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar