So’nggi yangiliklar

19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0 19:23"Америкалик ватанпарвар сифатида айтаманки - Чимаев ғалаба қозонганди" - Сехудо 0 19:02"Ҳар бир ҳақорат учун жавоб берасан!". Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 18:41Инсайдер Макгрегорнинг кейинги жанги деярли аниқ эканлигини айтди 0 18:20Энцо Мареска "Ман Сити"да Хосеп Гвардиола ўрнини эгаллаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 17:59Арман Царукян Хамзат Чимаевни мағлуб этгани учун 50 000 доллар тўлайди 0 17:38Белал Муҳаммад: "Чимаев улар туфайли мағлуб бўлди" 0 17:17"Уни фоҳиша дейишимни истайсизми?" Ронда Роузи Карано билан жанг ҳақида фикр билдирди 0 16:56Моуринью "Реал"га иккита талаб қўйди: Мбаппенинг тақдири маълум 0 16:35Чимаев мағлубиятидан кейин UFC`нинг энг яхши жангчилари рейтингида яхшигина пастлади 0 16:25UFC Нурсултон Рўзибоевнинг жангини расман эълон қилди (+ПОСТЕР) 0 16:14Навоийда белбоғли кураш бўйича мамлакат чемпионати ўтказилади 0 15:53Волковда UFC чемпионлиги учун жанг ҳақида кутилмаган тан олиш 0 15:32Флик чемпионлик унвонидан сўнг "Барселона" билан янги шартнома имзолади 0 15:11Эргашев Ғиёсовнинг чемпионлик жанги ҳақида: "У мана шу жангини ютса..." (+ФОТО) 0

05 iyu 18:51
Yangiliklar

Futbol

Osiyo Kubogi-2007 g'olibi: "O'zbekistonning imkoniyatlari yuqoriroq"

Teglar :  FutbolJorvan Vieyra
Iroq terma jamoasi bilan 2007 yilgi Osiyo kubogini qo'lga kiritgan Jorvan Vieyra BAA - O'zbekiston uchrashuvi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mening fikrimcha O'zbekiston terma jamoasining imkoniyatlari yuqoriroq. Bu mening shaxsiy fikrim. O'yin O'zbekiston uchun safarda bo'layotgani terma jamoa uchun asosiy muammo bo'lsa kerak. Timur Kapadze juda yaxshi murabbiy, u shu vaqtga qadar yaxshi tajriba ham orttirdi. Olimpiya terma jamoasini bir necha yillar davomida boshqardi. Timur uzoq yillar davomida terma jamoada o'ynagan va o'zi ham professional futbolchi bo'lgan. Bu esa juda muhim jihat deb o'ylayman, ayniqsa kiyinish xonasini nazorat qilish va boshqa masalalarda ushbu jihat katta rol o'ynaydi. Bosh murabbiy sobiq futbolchi bo'lsa, u kiyinish xonasini nazorat qila oladi. Kapadze O'zbekistonni JCHga olib chiqishga eng loyiq murabbiy deb o'ylayman.

To'g'ri BAA terma jamoasi ham bosh murabbiyini o'zgartirdi va bugungi uchrashuvda g'alaba qozonish ularga juda kerakli. Kosmin Olariu juda tajribali murabbiy. U Xitoyda va Arab mamlakatlarda ishlagan. Olariuni qattiq hurmat qilaman. BAA tarkibi ham yaxshi kuchaydi, braziliyalik bir nechta futbolchilar mahalliylashtirildi" - deya fikr bildirdi Jorvan Vieyra bugungi uchrashuv haqida.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing