02 iyu 09:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Naoya Inoue keyingi jangi Murodjon Ahmadalievga qarshi o'tkazilishini elon qildi
Ikkinchi eng engil vazn toifasida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue keyingi jangi o'zbekistonlik WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadaliev bilan bo'lib o'tishini malum qildi.
U 4 may kuni amerikalik Ramon Kardenasni muddatidan oldin enggan bo'lsa, Ahmadaliev 31 may kuni meksikalik Luis Kastiloni erta taslim etgandi. Har ikki bokschi o'z janglarida muvaffaqiyat qozonishganidan so'ng, ularning o'zaro to'qnash kelishi tasdiqlandi.
Yaponiyalik charm qo'lqop ustasi o'zining X (Twitter)dagi sahifasida quyidagi posterni ulashib, uni shunday izohladi: "Endi Nagoyadagi jang aktual".
Avval xabar berilganidek, mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : x.com/naoyainoue_410
Fikrlar