So’nggi yangiliklar

18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 15:00Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Арманистон, Ўзбекистон-2 - Ҳиндистон ва бошқа натижалар (LIVE) 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0 11:55Ўзбекистонда қатор профессионал футбол клублари ишончли бошқарувга берилади 0 11:27Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга Mangu 5 турнири ўтказилади 0 09:16Озарбайжон сафида фаолият олиб бораётган Саиджамшид Жафаров Европа чемпионига айланди! 0 20:30Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон АҚШни, Ўзбекистон-2 эса Нидерландияни мағлуб этди (барча натижалар) 0 19:07Осиё ўйинларининг еттинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:55Осиё ўйинларининг олтинчи кунидан сўнг медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 18:20Осиё ўйинларининг олтинчи кунини 5 та медаль билан тугатдик 0

05 iyu 17:17
Yangiliklar

Futbol

Sardor Rashidov Portugaliyadan qanday qilib qaytgan edi? 130 ming evro maosh, Deku va Qatarga o'tish voqeasi haqida

Teglar :  Sardor Rashidov
Kuni kecha "90minutuz" podkastining navbatdagi soni muxlislar etiboriga havola qilindi.

Ko'rsatuvning bu galgi soni Dubayda olib borildi va unda taniqli futbolchi Sardor Rashidov mehmon sifatida ishtirok etdi: 


— Evropaga qiziqqanman, bu xayolimda doim bo'lgan. 2019 yilgi Osiyo Kubogidagi O'monga qarshi o'yindan so'ng Portugaliyadan taklif keldi. O'shanda “Lokomotiv” bilan shartnomam tugagandi. Taklif: oyiga 10 000 evro maosh. SHartnomani mehmonxonada imzoladim. Qarasam 2,5 yillik kontrakt. Yiliga etibor ham bermabman. Ronaldu tug'ilgan shahar, Madeyra oroliga ketdim.  Oilamsiz yura olmayman. "Benfika"ga yutqazdik, keyingi o'yinda uchta gol urdim. Arablardagi sharoitlar bilan taqqoslab bo'lmasdi.

Keyin pasportim muddati tugadi, O'zbekistonga qaytdim. SHu paytda "Qatar SK"dan taklif keldi. Oyiga — 130 000 evro! Endi o'ylab ko'ring: Portugaliyada 10 000 evro, Qatarda esa 130 000. Qaysi muxlisdan so'rasangiz ham, javob bir xil bo'ladi. Farq — 120 ming evro!

Portugaliyalik agent esa masalani chalkashlashtirdi. U klub prezidentini “arablarga qimmatroqqa sot” deb qulog'ini qizdirgan. “Qatar SK” transfer to'lamaymiz, aks holda maoshni qisqartamiz, dedi. SHuning uchun klub prezidentiga chiqdim. Holatimni ochiqchasiga tushuntirdim. Jamoa Birinchi ligaga tushib ketgandi, men qolmoqchi emasdim. “Qancha kerak bo'lsa, beraman. Olgan oyligim — 50 000 evroni qaytarib beraman”, dedim. Rozilik bermadi.



SHunda “Qatar SK”ga aytdim: “100 000 evro so'rayapti”. Ular rozi bo'lishdi. Mablag'ni o'z hisobi orqali to'ladi. Maoshimni ham kamaytirishmadi. Prezident bank hisob raqamini berdi, pulni o'tkazdim. Xursand holda shartnomamni qaytarib olib, Qatarga oilam bilan yo'l oldim. 

Kontraktga qo'l qo'ygan paytda agent menga qo'ng'iroq qildi: “Sen O'zbekistonda bo'laman degan eding, u erda nima qilyapsan?” — deb. Prezident o'ynash ruxsatini beradigan “tugmani bosmasligi”ni, uni aldaganimni aytdi. Vaqt o'tayotgandi. Qatar FIFAga murojaat qildi.

Qatardagilar Dekuga chiqishdi, u  prezidentning oldiga bordi. Lekin prezident ko'nmadi. Qatar shayxi shaxsan "Al Duxail" bilan o'yinda ishtirok etishim uchun necha pul kerakligini so'radi. Prezident: “Hech qancha. Menga puli kerak emas. Rashidov meni aldadi”, deb javob berdi.

SHundan keyin Qatar FIFAga rasman murojaat qildi va tashkilot o'ynash huquqimni rasman tiklab berdi. Hatto shayx “50 yoki 100 ming evro qo'shimcha beraman” dedi. Endi o'zingiz solishtiring — Portugaliyadagi munosabat va Qatardagi himoyachon yondashuv orasida qanday farq bor?", - dedi Rashidov. 



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing