06 iyu 09:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Dvalishvili: "Siz xursand va xavfli Merabni ko'rasiz. O’Mellini nokaut qilaman"
UFC chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili amerikalik SHon O’Mellini nokaut qilish niyati borligini malum qildi.
Ushbu turnir 8 iyun kuni Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSH) bo'lib o'tadi.
"Haftaning oxirida siz xursand va xavfli Merabni ko'rasiz. Men SHonni yoki "stoyka"da, yoki parterda yiqitishni niyat qilganman. Agar O’Melli mening teykdaunlarimni to'xtata olarsa, u holda men uni nokaut qilaman. Mening rejam shu.
Unga qarshi yana bir marta g'alaba qozonish yoqimli va ajoyib bo'ladi. Jangdan keyin biroz dam olaman, keyin esa tezda qaytaman. Men faol bo'lmoqchiman — odamlarga esda qolarli lahzalar va alo darajadagi janglarni taqdim etishni xohlayman", — dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar