05 iyu 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski: "Mish-mishlar rost - bu Movsar emas"
UFC’ning amaldagi chempioni Aleksandr Volkanovski engilmas Movsar Evloev uning keyingi raqibi bo'lmasligini aytdi.
Unga ko'ra, chempionlik imkoniyati, ehtimol, meksikalik Yair Rodrigesga beriladi.
"Hozircha rasman hech narsa tasdiqlanmagan, lekin bu Movsar bo'lmasligi aniq. Men uning keyingi raqibim bo'lishini o'ylagan edim — chunki u hali mag'lubiyatga uchramagan va ajoyib seriyada ketyapti. Lekin, unga boshqa raqib topilgan ko'rinadi. Bu haqda o'zi ham ijtimoiy tarmoqlarda yozgan. Yairning nomi ham tilga olindi. Hozircha aniq sana yo'q. Eshitgan mish-mishlaringiz juda ham haqiqatga yaqin, ammo hech qanday shartnoma imzolanmagan", – dedi avstraliyalik sportchi Fox Sports telekanaliga.
Havola :
Manba : FOX Sports Australia
Fikrlar