So’nggi yangiliklar

12:57Боксчиларимиз катта таркибда Хитойда йиғин ўтказади 0 12:36Камондан отиш бўйича жаҳон чемпионатида қатнашадиган таркибимиз маълум 0 12:15Sofascore. Мозговойнинг БАА Пролигасидаги дебют ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:54Шон Стрикленд: "Хамзатни грэпплингда юта оладиган UFC'даги ягона инсонман" 0 11:33Cincinnati Open. Ига Свёнтек қозоқ теннисчини таслим этди 0 11:12Мутлақ чемпионлик жангига АҚШда тайёргарлик кўраётган Аҳмадалиев жисмоний ҳолатини кўрсатди (ФОТО) 0 10:51Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади 0 10:30Виржил Ортис кейинги жангини октябрда ўтказади, рақиб ҳам деярли аниқ 0 10:09Слаломда эшкак эшувчиларимиз Осиё чемпионатида тўртта медаль қўлга киритишди 0 09:48Шоҳжаҳон Эргашев навбатдаги жангини қачон ва қаерда ўтказишини айтди 0 09:27"Истанбул Башакшеҳир" "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади 0 09:06Мозес Итаума навбатда турганлар рўйхатини эълон қилди 0 08:45Ислам Махачев Хамзат Чимаевнинг чемпионлигига муносабат билдирди 0 08:24"Топурияни тўхтатиш учун ҳозир уни юборган бўлардим" 0 08:03Ла Лига. "Атлетико" илк турда Каталонияда мағлубиятга учради 0

17 avg 14:16
Yangiliklar

Boks/MMA

MMA yulduzlarining CHimaev - Dyu Plessi jangiga munosabati

Konor Makgregor, Genri Sexudo, Bilol Muhammad, Maykl Bisping, Kris Sayborg va boshqa MMA olamining mashhur vakillari bugungi chempionlik jangi haqida fikr bildirishdi.

Bugun AQSHning Illinoys shtati CHikago shahrida raqamlangan UFC 319 turniri bo'lib o'tdi. Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida endilikda sobiq UFC chempioni Drikus Dyu Plessi hamda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Xamzat CHimaev o'rtasida o'tkazildi. 

To'liq besh raund davom etgan jangda CHimaev juda katta ustunlik bilan Janubiy Afrika Respublikasi vakilini mag'lubiyatga uchratdi. Xamzat 25 daqiqadan 24 daqiqasida jangni parterda nazorat qilgan. Bu juda katta ustunlik.  

Quyida etiboringizga dunyo MMA yulduzlarining bugungi chempionlik jangi haqida bildirgan fikrlarini etiboringizga havola qilamiz. 

Paulo Kosta: "Men bu bemanilik tugaganidan xursandman. Bu o'sha asl va sara chechen taomlari"

Derek Branson: "Sobiq UFC jangchisi Jo Silva bu jangdan keyin CHimaevni ishdan bo'shatgan bo'lardi. CHunki, u kurashni juda yomon ko'rardi"

Kris Sayborg: "25 daqiqa davomida tomosha qilish og'ir bo'ldi"

Genri Sexudo: "Drikus xarakter ko'rsatdi, ammo Xamzat CHimaev hozir boshqa darajada. U chempionlik kamarini uzoq yillar davomida o'zida saqlab turiishi mumkin"

Bilol Muhammad: "Aytdim-ku, oson bo'ladi deb!"

Konor Makgregor: "CHechenistonlik birinchi UFC chempioni! Tabriklaymiz!"

Maykl Bisping: "Uxxx, oktagonda to'liq hukmronlik"

Terrens Makkini: "Xamzat - siz bunga qanday munosabatda bo'lishingizdan qati nazar, barcha davrlarning buyuk jangchisi. U buni o'ziga yoqqan va professional tarzda amalga oshirdi"

Uill Bruks: "Biz butun hafta davomida kurashda himoyani mashq qilayotganimizda, mening yosh jangchilarimdan hech biri endi ko'zlarini yumishiga to'g'ri kelmaydi"

Aymann Zaxabiy: "CHimaevning ajoyib chiqishi! U tarixdagi eng dominant chempionlardan biriga aylandi".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing