18 avg 08:45
Yangiliklar

Islam Maxachev Xamzat CHimaevning chempionligiga munosabat bildirdi
Kecha AQSHning CHikago shahrida o'tkazilgan UFC 319 turnirida Xamzat CHimaevni Drikus Dyu Plessini mag'lubiyatga uchratib, o'rta vaznning yangi chempioniga aylangandi.
"Tabriklayman! Bu ishonchli g'alaba bo'ldi", – deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga "Borz"ning chempionlik kamari bilan tushgan suratini joylab, uning ostida izoh qoldirgan Maxachev.
Xamzat CHimaevning kechagi g'alabasi MMA olamini hayratga soldi. Davogar besh raund davomida chempionni mutlaq ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratdi. Uchchala hakam ham 50-44 hisobidagi g'alabani davogar jangchiga bergan. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan chechenistonlik aralasha yakkakurash ustasi UFC`dagi to'qqizinchi jangida kamarga ega chiqdi. Dyu Plessi esa aksincha, UFC banneri ostidagi to'qqizta g'alabasidan keyin ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar