So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

18 avg 09:48
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini qachon va qaerda o'tkazishini aytdi

Teglar :  SHohjahon Ergashev
Professional boksning super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"Asosiy etiborimni o'z promouterligim tomonidan o'tkazilayotgan boks kechalariga qaratganman. Farg'ona, Samarqand va Namanganda bu boks turnirlarini muvaffaqiyatli tarzda o'tkazib oldik. Navbatdagi musobaqani sentyabr oyida Jizzax yoki Buxoroda o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Bu turnirlarda o'zlarini yorqin namoyish eta olgan 3-4 nafar bokschini aniqlab oldik va endi ularga xorijdagi turnirlarda jang tashkil qilib beramiz. Bugun o'zimga ham jang o'tkazish taklifi berildi. Oktyabr oyida Britaniyadagi turnirda jang o'tkazaman. Tez orada mashg'ulotlar uchun Rossiya yoki AQSHga jo'nab ketaman", - dedi Ergashev.    

SHohjahon Ergashev aytgan oktyabr oyida boxrec saytiga rasman joylangan bir nechta turnirlar bor: 3 oktyabr Birmingem, 4 oktyabr Sautgempton, Manchester, Glazgo, SHeffild, 10 oktyabr Lids, 11 oktyabr Bristol, Farnvort, Preston, Bitnal Grin, Vud Grin, SHeffild, 12 oktyabr Lirxuk, 17 oktyabr Bitnal Grin, 18 oktyabr Lids, 30 va 31 oktyabr kunlari Glazgo. 

Malumot uchun, 33 yoshli charm qo'lqop ustamiz hozirgacha 27 ta jangda 25 g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing