So’nggi yangiliklar

20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0

18 avg 09:06
Yangiliklar

Boks/MMA

Mozes Itauma navbatda turganlar ro'yxatini elon qildi

Superog'ir vazn toifasining yaqin kelajagi sifatida etirof etilayotgan 20 yoshli Mozes Itauma keyingi jangini kimlarga qarshi o'tkazish istagida ekanini ochiqladi.

Britaniyalik bokschi kuni kecha Saudiya Arabistonida o'tkazilgan prof boks oqshomida tajribali vatandoshi Dillian Uaytni birinchi raundning o'zida nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. 

"Filip Xrgovichga qarshi jang men uchun qiziq tuyulyapti — avvalroq u bilan fikrimiz bir joydan chiqmagandi. Filip bilan o'zaro hisob-kitobimiz bor. Lekin kim bilan jang qilishimni promouter va menejerim hal qiladi. Agar ular mendan kim bilan jang qilishimni so'rashcha, men Xrgovichni tanlagan bo'lardim", — dedi Itauma.

Mozesning promouteri Frenk Uorren ham bu masalada o'z fikrini bildirdi. 

"Itauma uchun aktual janglar bor. Menga Otto Vallin, Filip Xrgovich va CHjan CHjileyga qarshi janglar yoqyapti. O'ylashimcha, biz yaqin bir yil ichida shu uchta jangga etibor qaratamiz. Kelasi yil yozda jiddiy raqiblar va albatta chempionlik jangi haqida o'ylay boshlaymiz. Xrgovich - Devid Adeleye yoki Vallin - CHjiley janglari g'olibini ko'rish shaxsan men uchun qiziq bo'lyapti", — dedi funkcioner.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing