18 avg 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon Striklend: "Xamzatni grepplingda yuta oladigan UFC'dagi yagona insonman"
O'rta vazn toifasida amerikalik sobiq UFC chempioni SHon Striklend divizionning yangi chempioni - BAA vakili Xamzat CHimaev haqida yozdi.
CHimaev kecha CHikagoda o'tkazilgan UFC 319 turniri doirasida janubiy afrikalik Drikyus Dyu Plessini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, kamarga ega chiqqandi.
"Ehtimol, Xamzatni butun 5 raund davomida grepplingda yuta oladigan UFC'dagi yagona jangchi menman. Lekin bu ahmoq bilan jang qilishim uchun men biroz g'alabali seriyaga kirib olishim kerak bo'ladi", deb yozgan Striklend.
Havola :
Manba : fightnews.com
Fikrlar